Новости

Последние новости

янв.21
🚫 YOSHLAR SALOMATLIGI VA KELAJAGI — QAT’IY NAZORATDA!
янв.21
📌 Shovotda ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish ishlari davom etmoqda
янв.21
📌 Tibbiyot muassasasida xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
📌 SHOVOT TUMANIDA HUQUQIY TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
⚽️ Yoshlar sportga keng jalb etilmoqda
янв.21
🌳 Murojaat ijobiy yechim topdi
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 25-26-may kunlariga mo‘ljallangan tadbirlar rejasi
янв.21
📌 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI 🗓 18–23-may | HAFTALIK DAYJEST
янв.21
⚠️ Farzandlar salomatligiga befarq bo‘lmaylik!
янв.21
🛒 Qo‘shko‘pir mahallasi erkin savdo va tadbirkorlik rivoji yo‘lida.
Orzular sari ilk qadam!

Bugun yurtimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi, Qo‘shko‘pir tumanidagi 20-maktabda ham “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri ko‘tarinki ruh va unutilmas taassurotlar bilan o‘tkazildi.
Tadbirda Qo‘shko‘pir tumani hokimi, deputat Shuxrat Axmedov ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlarga yo‘llagan samimiy tabrigini o‘qib eshittirdi. Shuningdek, tuman rahbari bitiruvchilarni mustaqil hayot sari qo‘yayotgan ilk qadamlari bilan muborakbod etib, ularga oliy ta’lim muassasalariga kirishda hamda kelajakdagi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyat va zafarlar tiladi.
Tadbir davomida ta’lim-tarbiya jarayonida faol ishtirok etgan ustozlar va ota-onalar tuman hokimining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” — bu nafaqat bir bosqich yakuni, balki yangi orzular, ezgu maqsadlar va katta imkoniyatlar sari ochilgan yangi yo‘ldir.
Barcha bitiruvchilarga yorqin kelajak, mustahkam iroda, yuksak marralar va cheksiz omad tilaymiz! 

Slide 1 of 1