Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 25-26-may kunlariga mo‘ljallangan tadbirlar rejasi
янв.21
📌 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI 🗓 18–23-may | HAFTALIK DAYJEST
янв.21
⚠️ Farzandlar salomatligiga befarq bo‘lmaylik!
янв.21
🛒 Qo‘shko‘pir mahallasi erkin savdo va tadbirkorlik rivoji yo‘lida.
янв.21
🟥 MUHIM DEPUTAT SO‘ROVI Shovot tumani hokimligidan 33 ta hududiy dastur bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” talab qilindi
янв.21
📌✨ SHOVOT TUMANI BUDJETI: QO‘SHIMCHA MABLAG‘LAR YO‘NALTIRILDI
янв.21
🏛 RASMIY QAROR
янв.21
📍 Yangi ish o‘rinlari — mahalla taraqqiyotining muhim qadami
янв.21
📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri I.Masharipov saylov okrugida o‘rganish olib bordi
янв.21
📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri I.Masharipov o‘z saylov okrugida o‘rganish olib bordi
DEPUTAT NAZORATI

#24_tavsiya #Deputat_nazorati #Tibbiy_xizmat

🏥 Yurtimizda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlar salomatligini muhofaza qilish borasida “Baynalminal” MFY hududidagi (OSHP) da navbatdagi xayrli va ijtimoiy ahamiyatga molik tadbir tashkil etildi. Unda tibbiyot xodimlari tomonidan mahalladagi "Ijtimoiy himoya yagona reyestri"da turuvchi ayollar uchun tibbiy ko‘riklar o‘tkazildi.

🩺 Ko‘rik davomida ehtiyojmand xotin-qizlarga bepul dori-darmon vositalari tarqatildi. Jarayonning shaffof, tizimli va manzilli tashkil etilishini mazkur hudud deputati T.Abdiyeva bevosita joyiga chiqqan holda nazorat qilib bordi. Deputat aholi bilan suhbatlashib, ularning tibbiy xizmat sifati bo‘yicha fikr va takliflarini tingladi.

"Inson qadrini ulug‘lash va aholi salomatligini mustahkamlash eng oliy vazifamizdir. Bu kabi tadbirlar mahalladoshlarimizning og‘irini yengil qilishga xizmat qiladi", — deb ta’kidladi deputat.

| Web.sayt |Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |

Slide 1 of 4