🌿 AGRAR, SUV XO‘JALIGI VA EKOLOGIYA MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
📌 Xalq deputatlari Yangiariq tuman Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
📝 Yig‘ilish davomida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
🔹 Yangiariq tumanida veterinariya va chorvachilik sohalarini rivojlantirish, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish maqsadida qonun hujjatlarida belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar bo‘yicha mutasaddilarning hisoboti tinglandi.
🔹 Shuningdek, tuman O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘limi tomonidan 2026-yil davomida amalga oshirilgan ishlar, qishloq xo‘jaligi ekinlarini zararkunandalardan himoya qilish, fitosanitar nazoratni kuchaytirish hamda sohaga oid olib borilgan tadbirlar yuzasidan hisobot taqdim etildi.
✅ Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masalalar bo‘yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
🌱 Yangiariq tumanida agrar soha, ekologiya va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlarni yanada samarali tashkil etish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.