Новости

Последние новости

янв.21
📌✨ SHOVOT TUMANI BUDJETI: QO‘SHIMCHA MABLAG‘LAR YO‘NALTIRILDI
янв.21
🏛 RASMIY QAROR
янв.21
📍 Yangi ish o‘rinlari — mahalla taraqqiyotining muhim qadami
янв.21
📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri I.Masharipov saylov okrugida o‘rganish olib bordi
янв.21
📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri I.Masharipov o‘z saylov okrugida o‘rganish olib bordi
янв.21
📌 Yoshlar maslahat guruhi tomonidan Mevazor mahallasida yoshlar muammolari o‘rganildi
янв.21
📌 To‘qmang‘itdagi 19-son maktabda ovqatlantirish sifati nazorat qilindi
янв.21
📌 9-son maktabda sog‘lom ovqatlantirish tizimi monitoring qilindi
янв.21
📌 9-son maktabda zamonaviy ta’lim texnologiyalari o‘rganildi
янв.21
📌 Deputatlik nazorati — bolalar salomatligi va sifatli ta’lim kafolati!
Mahalla obodligi — bosh maqsad: Deputat Sh.Nazarova “Vaqf chorsu” MFYdagi muammolarni joyida o‘rgandi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Nazarova o‘z saylov okrugi hududida aholi turmush tarzini yaxshilash, infratuzilmaviy muammolarni bartaraf etish borasida tizimli ishlarni olib bormoqda.

Deputat Sh.Nazarova tashabbusi bilan “Vaqf chorsu” mahalla fuqarolar yig‘inida keng qamrovli o‘rganish ishlari tashkil etildi. Unda mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi hamda hududning faol va ko‘pni ko‘rgan nuroniylari ishtirok etdilar.

Uchrashuvda asosiy e’tibor quyidagi masalalarga qaratildi:

Ichki yo‘llarni ta’mirlash: Mahallaning ko‘p yillardan buyon ta’mirtalab bo‘lib qolgan, aholi va transport harakati uchun noqulaylik tug‘dirayotgan ichki ko‘chalarini asfaltlash va tartibga keltirish;

Irrigatsiya tizimini yaxshilash: Mahalla hududidan oqib o‘tuvchi markaziy ariqni chiqindilardan tozalash, suv yo‘lini ochish orqali antisanitariya holatlarining oldini olish;

Kommunal tarmoqlar: Elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvi ta’minotidagi uzilishlarni bartaraf etish, simyog‘ochlar va tarmoqlarni xavfsiz holatga keltirish.

O‘rganish davomida deputat mahalla jamoatchiligi bilan yuzma-yuz muloqot qilib, har bir ko‘cha boshlig‘i va fuqaroning fikr hamda takliflarini tingladi. Yuzaga kelgan muammolarni faqatgina yuqori tashkilotlar yordamida emas, balki mahalla ahlining hamjihatligi va hasharlar orqali ham tezkor hal etish choralari muhokama qilindi.

Yakuniy natija: Uchrashuv yakunida aniqlangan barcha kamchiliklarni bosqisma-bosqich bartaraf etish, “Vaqf chorsu” mahallasini obodonlashtirish va uning infratuzilmasini tubdan rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar dasturi (Yo‘l xaritasi) ishlab chiqilishi belgilandi. Jarayon deputat nazoratiga olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6