Новости

Последние новости

янв.21
🚫 YOSHLAR SALOMATLIGI VA KELAJAGI — QAT’IY NAZORATDA!
янв.21
📌 Shovotda ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish ishlari davom etmoqda
янв.21
📌 Tibbiyot muassasasida xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
📌 SHOVOT TUMANIDA HUQUQIY TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
⚽️ Yoshlar sportga keng jalb etilmoqda
янв.21
🌳 Murojaat ijobiy yechim topdi
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 25-26-may kunlariga mo‘ljallangan tadbirlar rejasi
янв.21
📌 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI 🗓 18–23-may | HAFTALIK DAYJEST
янв.21
⚠️ Farzandlar salomatligiga befarq bo‘lmaylik!
янв.21
🛒 Qo‘shko‘pir mahallasi erkin savdo va tadbirkorlik rivoji yo‘lida.
Deputat mahallada

 Hududlardagi investitsiya loyihalari doimiy nazoratda 

Piskent tumanida pillachilik sohasida yirik
investitsiya loyihasi ish boshladi
 

Hududlarda investitsiya muhitini
yaxshilash, yangi korxonalarni ishga tushirish orqali aholi bandligini
ta’minlash Kengash deputatlari va kotibiyat xodimlarining doimiy e’tiborida.
 

Xususan, 14-Mingtepa saylov okrugidan
saylangan xalq deputatlari tuman Kengashi deputati ("Адолат" СДП
депутатлик гуруҳи аъзоси) B.Abdurahmonov hamda Kengash kotibiyati
bosh mutaxassisi G.Xudoyqulova tomonidan "Mingtepa" mahalla fuqarolar
yig‘ini (MFY) hududida amalga oshirilayotgan xorijiy investitsiya loyihasining
faoliyati joyida o‘rganildi.
 

Loyihaning muhim ko‘rsatkichlari: 

Investor: Xitoy Xalq Respublikasi
investorlari;
 

Korxona nomi: "Huading
Industrial" MCHJ;
 

Umumiy qiymati: 5 million AQSH dollari; 

Yillik ishlab chiqarish quvvati: 3 million
AQSH dollari;
 

Yaratiladigan jami ish o‘rni: 100 ta. 

Bugungi holat va istiqbollar: Hozirgi kunda
mazkur korxona o‘z ish faoliyatini boshlab, dastlabki bosqichda 20 nafar
mahalliy fuqaroni doimiy ish bilan ta’minladi. Korxonaning asosiy afzalligi
shundaki, bu yerda ishlab chiqarishning to‘liq zanjiri, ya’ni o‘zi pilla
yetishtirib, o‘zi qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
 

Bu kabi yirik loyihalar hudud
iqtisodiyotini rivojlantirish va mahallalarda ishsizlikni kamaytirishga xizmat
qiladi. Suhbat davomida korxonaning istiqboldagi rejalari tinglanib, kelgusida
yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan masalalarda deputatlik ko‘magi berilishi
ta’kidlandi.
 

Telegram(http://t.me/PiskentTumaniKotibiyati) Facebook(https://www.facebook.com/share/1B4wErcYvP/ 

   

Slide 1 of 9