Новости

Последние новости

янв.21
📌✨ SHOVOT TUMANI BUDJETI: QO‘SHIMCHA MABLAG‘LAR YO‘NALTIRILDI
янв.21
🏛 RASMIY QAROR
янв.21
📍 Yangi ish o‘rinlari — mahalla taraqqiyotining muhim qadami
янв.21
📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri I.Masharipov saylov okrugida o‘rganish olib bordi
янв.21
📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri I.Masharipov o‘z saylov okrugida o‘rganish olib bordi
янв.21
📌 Yoshlar maslahat guruhi tomonidan Mevazor mahallasida yoshlar muammolari o‘rganildi
янв.21
📌 To‘qmang‘itdagi 19-son maktabda ovqatlantirish sifati nazorat qilindi
янв.21
📌 9-son maktabda sog‘lom ovqatlantirish tizimi monitoring qilindi
янв.21
📌 9-son maktabda zamonaviy ta’lim texnologiyalari o‘rganildi
янв.21
📌 Deputatlik nazorati — bolalar salomatligi va sifatli ta’lim kafolati!
HOKIM YORDAMCHILARI FAOLIYATI VA KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI

✅Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi kotibiyat mudiri B.Oblanov, tuman Kengashi deputati D.Xushvaqtov hamda Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a’zosi bilan hamkorlikda tumandagi Omandara mahallasida hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.

✅O‘rganish davomida mahallada aholini kambag‘allikdan chiqarish, fuqarolar bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🔊Xususan, 2026-yilning o‘tgan davri mobaynida:
🔹 “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida mahalladagi 16 nafar fuqaroga;
🔹 “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida 1 nafar fuqaroga jami 581 million so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilgani ma’lum qilindi.

💬Shuningdek, ajratilgan imtiyozli kreditlar orqali aholi daromadini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda oilalarning iqtisodiy barqarorligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.

✅O‘rganish yakunida mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, aholini tadbirkorlikka keng jalb etish hamda kambag‘allikni qisqartirish ishlarini yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3