Новости

Последние новости

янв.21
📌✨ SHOVOT TUMANI BUDJETI: QO‘SHIMCHA MABLAG‘LAR YO‘NALTIRILDI
янв.21
🏛 RASMIY QAROR
янв.21
📍 Yangi ish o‘rinlari — mahalla taraqqiyotining muhim qadami
янв.21
📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri I.Masharipov saylov okrugida o‘rganish olib bordi
янв.21
📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri I.Masharipov o‘z saylov okrugida o‘rganish olib bordi
янв.21
📌 Yoshlar maslahat guruhi tomonidan Mevazor mahallasida yoshlar muammolari o‘rganildi
янв.21
📌 To‘qmang‘itdagi 19-son maktabda ovqatlantirish sifati nazorat qilindi
янв.21
📌 9-son maktabda sog‘lom ovqatlantirish tizimi monitoring qilindi
янв.21
📌 9-son maktabda zamonaviy ta’lim texnologiyalari o‘rganildi
янв.21
📌 Deputatlik nazorati — bolalar salomatligi va sifatli ta’lim kafolati!
Chilonzor tuman Hokimi S.Xolxo‘jaev xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputatlariga Farmasevtika sanoatini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida hisobot berdi.

Hisobotda so‘nggi yillarda mamlakatimizda farmatsevtika sanoatini jadal rivojlantirish, aholini sifatli va xavfsiz dori vositalari bilan ta’minlash, import o‘rnini bosish, eksport salohiyatini kengaytirish hamda yuqori qo‘shilgan qiymatli ishlab chiqarishlarni tashkil etish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
🇺🇿 Davlatimiz rahbari tomonidan soha strategik tarmoq sifatida belgilab berilishi natijasida farmatsevtika sanoati iqtisodiyotning eng muhim va tez rivojlanayotgan yo‘nalishlaridan biriga aylanib borayotganligi va quyidagi ko‘rsatkichlar ko‘rsatib o‘tildi.
💊Bugungi kunda respublikada jami 384 ta farmatsevtika korxonalari faoliyat yuritib, shundan 58 tasi GMP xalqaro standartiga ega, 95 tasi eksportyor korxonalar hisoblanadi. Toshkent shahri ulushi 119 tani tashkil etadi.
🩺Shundan 22 ta farmatsevtika korxonalari Chilonzor tumani hududida joylashgan bo‘lib, tuman mazkur yo‘nalishda Toshkent shahrining muhim sanoat hududlaridan biri hisoblanadi.
💊Sohada ishlab chiqarish hajmi so‘nggi yillarda barqaror o‘sib, 2023 yildagi 3,2 trln so‘mdan 2025 yil yakuniga kelib 7,4 trln so‘mga yetdi. 2026 yilda ushbu ko‘rsatkichni 8,5 trln so‘mga yetkazish rejalashtirilgan.
2025 yilda sohaga 390 mln dollar investitsiya jalb qilingan bo‘lib, 2026 yilda mazkur ko‘rsatkichni 455 mln dollarga yetkazish belgilangan. Eksport hajmini 300 mln dollarga oshirish va import ulushini bosqichma-bosqich qisqartirish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi.
💊Tahlillarga ko‘ra, Toshkent shahrida farmatsevtika sohasida mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq foydalanilmayotganligi natijasida katta iqtisodiy imkoniyatlar mavjud bo‘lib, ichki bozorda import ulushi hozirda 85 foizni tashkil etmoqda.

Slide 1 of 1