Oltinsoy tuman hokimi Otabek Mavlyanov va Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Xudayberdiyev tomonidan tumanidagi 6-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida yaratilgan shart-sharoitlar, tarbiyaviy jarayonlar hamda bolajonlar uchun olib borilayotgan ishlar oʻrganildi.
Tanishuv davomida taʼlim sifati, oziq-ovqat mahsulotlari sifati, sanitariya holati va bolalarning mazmunli hordiq chiqarishi uchun yaratilgan imkoniyatlarga alohida eʼtibor qaratildi.
Masʼullarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, taʼlim-tarbiya sifatini yanada oshirish hamda ota-onalar ishonchini mustahkamlash boʻyicha tegishli topshiriq va koʻrsatmalar berildi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati