Новости

Последние новости

янв.21
📌✨ SHOVOT TUMANI BUDJETI: QO‘SHIMCHA MABLAG‘LAR YO‘NALTIRILDI
янв.21
🏛 RASMIY QAROR
янв.21
📍 Yangi ish o‘rinlari — mahalla taraqqiyotining muhim qadami
янв.21
📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri I.Masharipov saylov okrugida o‘rganish olib bordi
янв.21
📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri I.Masharipov o‘z saylov okrugida o‘rganish olib bordi
янв.21
📌 Yoshlar maslahat guruhi tomonidan Mevazor mahallasida yoshlar muammolari o‘rganildi
янв.21
📌 To‘qmang‘itdagi 19-son maktabda ovqatlantirish sifati nazorat qilindi
янв.21
📌 9-son maktabda sog‘lom ovqatlantirish tizimi monitoring qilindi
янв.21
📌 9-son maktabda zamonaviy ta’lim texnologiyalari o‘rganildi
янв.21
📌 Deputatlik nazorati — bolalar salomatligi va sifatli ta’lim kafolati!
#deputat faoliyati

#deputat faoliyati

Yoshlar sporti va ta’lim maskanlari — doimiy e’tiborda!

Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga asosan tumanning "Qaytmas” mahallasida joylashgan 5-sonli umumta’lim maktabining sport zallari, maydonlari va ularning jihozlanish holatlari Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi 22-Qaytmas saylov okrugi deputati A.Altinov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Sidikovalar hamda maktab rahbariyati ishtirokida o‘rganildi.

O‘rganishning asosiy maqsadi: O‘rganish davomida maktablardagi sport zallarining texnik holati, sport maydonlarining talab darajasida jihozlanganligi, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda mavjud sport anjomlarining sifati va yetarliligi atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Shu bilan birga, maktablarda o‘quvchilarni sportga jalb etish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish borasida muayyan ishlar amalga oshirilayotgani, sport to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yilgani ta’kidlandi.
Nazorat obyekti: 5-umumta’lim maktabi O‘rganish davomida ushbu maktabning sport zali va undagi jihozlar holati tahlil qilindi.

✍️O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilishi va nazoratga olinishi belgilandi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Slide 1 of 2