Новости

Последние новости

янв.21
📌 Madaniyat sohasidagi hududiy dasturlar ijrosi yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
📌 51-son maktabda sog‘lom ovqatlantirish holati nazorat qilindi
янв.21
📢 Shovot tumani Ichki ishlar bo‘limi faoliyati yuzasidan deputat so‘rovi
янв.21
📌 12-son maktabda sog‘lom ovqatlantirish tizimi o‘rganildi
янв.21
📌 38-son maktabda ovqatlantirish sifati va sanitariya talablari nazorat qilindi
янв.21
📌 “Ixtiyor mebel” faoliyati o‘rganildi: yangi ish o‘rinlari yaratildi
янв.21
📌 Madaniyat markazi faoliyati va ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi
янв.21
📌 Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligi masalalari o‘rganildi
янв.21
📌 Aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
📌 Deputat so‘rovi ijrosi ta’minlandi: yangi elektr sim ustuni o‘rnatildi
Termiz shahrining "Shodlik" mahallasi yettiligi faoliyati hamda investitsiya loyihalari o'rganildi

O‘rganishlar davomida hudud obodonchiligi va ko‘p qavatli uylarning bugungi holati, chiqindilarni vaqtida olib chiqib ketish xizmatini tartibga solish hamda aholi murojaatlari va kommunal muammolarni bartaraf etish holati ko'zdan kechirildi.

Shuningdek, deputatlar hududda “NEW BRIGHT HOUSES” MCHJ tomonidan barpo etilayotgan zamonaviy ko‘p qavatli turar joy majmuasidagi qurilish jarayonlari bilan tanishdilar. Mazkur yirik loyiha joriy yilning III choragi yakunida to‘liq foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan bo'lib loyiha doirasida ishlarning xalqaro talablarga mosligi tahlil qilindi.

Deputatlar qurilish ishlarining sifatli bajarilishi va belgilangan muddatda yakunlanishi aholi farovonligi uchun o‘ta muhimligini ta’kidlab, mazkur jarayonni doimiy nazorat qilib borishini bildirdi.

O'rganishlar davomida mahalla yettiligining amalga oshirayotgan ishlari muhokama qilindi. Mavjud kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, ish faoliyatini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 5