Новости

Последние новости

янв.21
🏟 2-son sport maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
🥗 25-son maktabda ovqatlantirish sifati o‘rganildi
янв.21
🍽 Sog‘lom ovqatlantirish tizimi yuzasidan monitoring ishlari olib borildi
янв.21
📌 Oilaviy tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi
янв.21
📌 Mahallalarda “Temir daftar” va “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish tartibi o‘rganildi
янв.21
🌿 15-may — Xalqaro oila kuni muborak!
янв.21
🍽📚 Maktabda sog‘lom ovqatlantirish tizimi o‘rganildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi
янв.21
🟢 Deputatlik so‘rovi: Yo‘l xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘riladi
янв.21
📌 Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha hisobot ko‘rib chiqildi
Mahallada jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha ishlar o‘rganildi

🔷Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan depuatt S.Ramatjonov tomonidan tumanning “Daxana” mahallasida jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklarga qarshi kurashish hamda aholi tinchligi va xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar kotibiyat xodimi M.Tursunbayeva hamda mahalla raisi ishtirokida o‘rganildi.

🔷O‘rganish jarayonida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, profilaktika inspektori, yoshlar yetakchisi va mahalla faollari bilan uchrashuv o‘tkazilib, hududda jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, ayniqsa yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik holatlarining kelib chiqish sabablarini bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

🔷Deputat tomonidan mahalladagi ijtimoiy muhit, profilaktik tadbirlar samaradorligi, muammoli oilalar va nazoratga olingan fuqarolar bilan ishlash holati yuzasidan mahalla raisi bilan suhbatlashildi, shuningdek, hududdagi aholi gavjum joylari va ijtimoiy soha obyektlarini kuzatuv kameralar bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

🔷Uchrashuv davomida deputat aholi bilan muloqot qilib, fuqarolarning murojaat va takliflarini tingladi. Aholi tomonidan ichki yo‘llar holati, ko‘cha yoritgichlari, internet aloqasi bo‘yicha mavjud muammolar bo‘yicha takliflar bildirildi. Murojaatlarni hal etish yuzasidan tegishli mas’ullarga vazifalar belgilab berildi hamda ayrim masalalarni ijobiy hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

🔷Deputat tomonidan mahallada tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish va aholi murojaatlari bilan tizimli ishlash bundan buyon ham doimiy e’tibor markazida bo‘lishi qayd etildi.

Slide 1 of 7