Новости

Последние новости

янв.21
🏟 2-son sport maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
🥗 25-son maktabda ovqatlantirish sifati o‘rganildi
янв.21
🍽 Sog‘lom ovqatlantirish tizimi yuzasidan monitoring ishlari olib borildi
янв.21
📌 Oilaviy tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi
янв.21
📌 Mahallalarda “Temir daftar” va “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish tartibi o‘rganildi
янв.21
🌿 15-may — Xalqaro oila kuni muborak!
янв.21
🍽📚 Maktabda sog‘lom ovqatlantirish tizimi o‘rganildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi
янв.21
🟢 Deputatlik so‘rovi: Yo‘l xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘riladi
янв.21
📌 Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha hisobot ko‘rib chiqildi
Bo‘zsuv aeratsiya stansiyasi faoliyati va ekologik nazorat bo‘yicha o‘rganishlar

Bo‘zsuv aeratsiya stansiyasi faoliyati va ekologik nazorat bo‘yicha o‘rganishlar

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashidagi O'zbekiston Ekologik partiyasi deputatlari Kimyo Abdullayeva va Sanjar Djalolovlar tomonidan Bo‘zsuv aeratsiya stansiyasi faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.

💧 Bo‘zsuv aeratsiya stansiyasi Toshkent shahrining Yunusobod, Shayxontohur, Olmazor, Uchtepa va Chilonzor tumanlari hamda qisman Toshkent viloyati Zangiota tumanidan keladigan oqova suvlarni tozalashga xizmat qiladi. Stansiya sutkasiga o‘rtacha 630 ming kubometr oqova suvni qayta ishlaydi va deyarli tozalangan suvni Bo‘zsuv daryosiga qaytaradi. Uning umumiy loyiha quvvati esa 735 ming kubometrni tashkil etadi.

🗂 Mazkur inshoot 1963-yil 3-noyabrda ishga tushirilgan bo‘lib, keyingi yillarda 1977-yilgacha kengaytirilgan, 1991-yilda esa qo‘shimcha quvvatlar ishga tushirilgan. Hozirda stansiyada modernizatsiya ishlari xalqaro moliyaviy kreditlar asosida davom ettirilmoqda. O‘rganish jarayonida oqova suvlarni tozalash texnologik jarayonlari bilan tanishildi. Suv yirik va mayda filtrlardan o‘tkazilib, aeratsiya usulida organik moddalar parchalanadi, so‘ng zararsizlantirilib Bo‘zsuv daryosiga qaytariladi. Hosil bo‘lgan loyqa qoldiqlar esa qayta ishlanib, qishloq xo‘jaligida o‘g‘it sifatida foydalaniladi.

📊 Stansiya hududida kimyoviy va biologik laboratoriya faoliyat yuritib, suv sifati doimiy nazorat qilib boriladi. O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-oktabrdagi PQ-343-sonli “Ichimlik suv ta’minoti va oqova suv tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi ham joyida ko‘zdan kechirildi. Mazkur qaror asosida oqova suv tizimlarini modernizatsiya qilish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash hamda suv resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

💬 Deputatlar tomonidan Bo‘zsuv aeratsiya stansiyasining ekologik barqarorlikni ta’minlashdagi o‘rni yuqori baholanib, sanoat korxonalarida oqova suvlarni tozalash tizimlarini yanada kuchaytirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 8