Новости

Последние новости

янв.21
🏟 2-son sport maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
🥗 25-son maktabda ovqatlantirish sifati o‘rganildi
янв.21
🍽 Sog‘lom ovqatlantirish tizimi yuzasidan monitoring ishlari olib borildi
янв.21
📌 Oilaviy tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi
янв.21
🌿 15-may — Xalqaro oila kuni muborak!
янв.21
📌 Mahallalarda “Temir daftar” va “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish tartibi o‘rganildi
янв.21
🍽📚 Maktabda sog‘lom ovqatlantirish tizimi o‘rganildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi
янв.21
🟢 Deputatlik so‘rovi: Yo‘l xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘riladi
янв.21
📌 Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha hisobot ko‘rib chiqildi
Kommunal infratuzilmani yaxshilash yo‘lidagi ishlar davom etmoqda

Kommunal infratuzilmani yaxshilash yo‘lidagi ishlar davom etmoqda

💧 Uchtepa tumani Suv tarmoqlari bo‘limi xodimlari tomonidan bahorgi-kuzgi profilaktika ishlarining bahorgi bosqichi muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Mazkur profilaktik tadbirlar suv ta’minoti tizimining barqaror faoliyat yuritishini ta’minlash, avariyaviy holatlarning oldini olish hamda aholini sifatli ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlashga xizmat qilmoqda.

🇺🇿 Shu munosabat bilan xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O'zLiDePdan saylangan "12-Nazarbek" okrugi deputati Xudayberganov Avaz Abrarovich hududda olib borilayotgan ishlarni joyiga chiqqan holda o‘rgandi. O‘rganishlar davomida tumandagi suv ta’minoti tizimida foydalanilayotgan kompressor qurilmalarida amalga oshirilayotgan profilaktika ishlari bilan yaqindan tanishildi.

💬 Shuningdek, deputat Uchtepa tumani Suv ta’minoti korxonasi rahbari Djurayev Shuxratjon Yunus o‘g‘li bilan birgalikda sohaga oid mavjud holatni ko‘zdan kechirib, tizim samaradorligini oshirish, texnik vositalarning uzluksiz ishlashini ta’minlash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini yanada yaxshilash masalalari yuzasidan fikr almashdi.

📁 O‘rganishlar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-oktabrdagi PQ-343-sonli “Ichimlik suv ta’minoti va oqova suv tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosiga ham alohida e’tibor qaratildi. Mazkur qaror asosida ichimlik suvi va oqova suv tizimlarini modernizatsiya qilish, infratuzilmani yangilash hamda aholiga sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

⚙️ Ta’kidlanganidek, profilaktika ishlari doirasida suv tarmoqlaridagi texnik uskunalarni mavsumiy tayyorlash, nosozliklarning oldini olish va favqulodda holatlarni kamaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu esa aholining kundalik hayotida qulaylik yaratish va kommunal xizmatlar sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

⚙️ Bugungi kunda Uchtepa tumanida kommunal infratuzilmani modernizatsiya qilish, muhandislik tarmoqlarini yangilash hamda aholiga munosib sharoit yaratish yo‘lida tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 5