Новости

Последние новости

янв.21
🏟 2-son sport maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
🥗 25-son maktabda ovqatlantirish sifati o‘rganildi
янв.21
🍽 Sog‘lom ovqatlantirish tizimi yuzasidan monitoring ishlari olib borildi
янв.21
📌 Oilaviy tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi
янв.21
🌿 15-may — Xalqaro oila kuni muborak!
янв.21
📌 Mahallalarda “Temir daftar” va “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish tartibi o‘rganildi
янв.21
🍽📚 Maktabda sog‘lom ovqatlantirish tizimi o‘rganildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi
янв.21
🟢 Deputatlik so‘rovi: Yo‘l xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘riladi
янв.21
📌 Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha hisobot ko‘rib chiqildi
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

           Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashiga 11-“Geologlar” saylov okrugidan saylangan deputat A.Hamidov hamda Kengash kotibiyati mudiri M.Kamolovalar tomonidan “Mustaqillik” MFYda ijtimoiy xodim faoliyati va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holati o‘rganildi.

🔹 O‘rganish davomida kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash ishlari, ehtiyojmand fuqarolar bilan olib borilayotgan manzilli ishlar tahlil qilindi.

 Mahalladagi nogironligi bo‘lgan fuqarolar soni jami 98 nafarni tashkil etadi. Shundan:

▫️ I guruh nogironlari – 3 nafar

▫️ II guruh nogironlari – 76 nafar

▫️ III guruh nogironlari – 12 nafar

▫️ Bolalikdan nogironligi bo‘lgan fuqarolar – 18 nafar

 “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi tomonidan ehtiyojmand oilalarga 3 marotaba yordam ko‘rsatilgan.

 Shuningdek:

▪️ kambag‘al oilalarning 18 tasiga 500 ming so‘mdan moddiy yordam berilgan;

▪️ davlat ta’minotida bo‘lgan fuqarolarga 1 million so‘mdan moddiy yordam ajratilgan.

Mahallada 3 nafar bola vasiylikka olingan bo‘lib, ularning ijtimoiy holati muntazam nazorat qilib borilmoqda.

Bundan tashqari, mahalladagi 11 nafar yakka yolg‘iz fuqarolarning har biriga assistent (qarovchi) biriktirilgan. Qarovchilar tomonidan haftasiga 2 marotaba xizmat ko‘rsatilib, barcha yakka yolg‘iz fuqarolarga bir martalik moddiy yordam ham taqdim berilgan.

 O‘rganish yakunida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, manzilli yordam ko‘lamini kengaytirish hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4