Новости

Последние новости

янв.21
📌 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi
янв.21
🟢 Deputatlik so‘rovi: Yo‘l xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘riladi
янв.21
🟢 Shovot tumanida savdo shoxobchalari faoliyati sanitariya talablari asosida o‘rganildi
янв.21
📌 Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha hisobot ko‘rib chiqildi
янв.21
🏛 Shovot tumanida kommunal sohalarni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi
янв.21
📚 25-son maktabda “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
🚧 YO‘L TA’MIRI SIFATI — ASOSIY E’TIBORDA
янв.21
📍 SHOVOT TUMANIDA TA’LIM VA SOG‘LOM OVQATLANISH TIZIMI O‘RGANILDI
янв.21
📌 Deputat oʻrganishi: Maqsad — aholi bandligi va daromadini oshirish
янв.21
📌 XALQ MUROJAATI – AMALIY YECHIM VA E’TIBOR MARKAZIDA
Temirxo‘ja mahallasida ichimlik suvi muammosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi kotibiyat mudiri F. Xolmuratova hamda 15-Mustaqillik saylov okrugi deputati J. Ochilov Temirxo‘ja mahallasida bo‘lib, hududdagi dolzarb muammolar bilan tanishdi.

O‘rganish jarayonida aniqlanishicha, 1967-yilda qurilgan suv inshootining yaroqsiz holga kelib qolganligi natijasida mahallaning qariyb 80 foiz xonadonlari ichimlik suvi ta’minotida uzilishlarga duch kelmoqda.

Mazkur muammo aholi turmush darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani inobatga olinib, uni tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi chiqarish rejalashtirildi.

Shuningdek, mavjud muammoni tizimli hal etish, infratuzilmani yangilash hamda aholiga barqaror ichimlik suvi yetkazib berishni ta’minlash yuzasidan zarur choralar ko‘rish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Slide 1 of 2