Новости

Последние новости

янв.21
📌 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi
янв.21
🟢 Deputatlik so‘rovi: Yo‘l xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘riladi
янв.21
🟢 Shovot tumanida savdo shoxobchalari faoliyati sanitariya talablari asosida o‘rganildi
янв.21
📌 Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha hisobot ko‘rib chiqildi
янв.21
🏛 Shovot tumanida kommunal sohalarni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi
янв.21
📚 25-son maktabda “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
🚧 YO‘L TA’MIRI SIFATI — ASOSIY E’TIBORDA
янв.21
📍 SHOVOT TUMANIDA TA’LIM VA SOG‘LOM OVQATLANISH TIZIMI O‘RGANILDI
янв.21
📌 Deputat oʻrganishi: Maqsad — aholi bandligi va daromadini oshirish
янв.21
📌 XALQ MUROJAATI – AMALIY YECHIM VA E’TIBOR MARKAZIDA
Gulistonda ijtimoiy reyestrdagi xonadonlarda amalga oshirilayotgan ishlar nazoratga olindi

🏛 Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashining tegishli qaroriga muvofiq, shahar hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan 14 ta xonadonda energiya samaradorligini oshirish hamda isitish tizimini yaxshilash ishlari amalga oshirilmoqda.

🔎 Mazkur jarayonlarning qay darajada va qanday sifatda bajarilayotganini o‘rganish maqsadida shahar Kengashi deputatlari J.Xolbayev, E.Abduraxmono, V.Xasanov hamda shahar "Inson markazi" rahbari T.Shomirovlardan iborat ishchi guruh tuzildi.

📝 Ishchi guruh tomonidan belgilangan tartibda joylarga chiqib o‘rganish ishlari olib borilishi, amalga oshirilayotgan ishlarning sifati, samaradorligi hamda belgilangan talablarga muvofiqligi tahlil qilinishi rejalashtirildi.

📌 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli xulosalar shakllantirilib, mas’ul tashkilotlarga zarur tavsiyalar berilishi ko‘zda tutilgan.

Slide 1 of 3