Новости

Последние новости

янв.21
🏟 2-son sport maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
🥗 25-son maktabda ovqatlantirish sifati o‘rganildi
янв.21
🍽 Sog‘lom ovqatlantirish tizimi yuzasidan monitoring ishlari olib borildi
янв.21
📌 Oilaviy tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi
янв.21
🌿 15-may — Xalqaro oila kuni muborak!
янв.21
📌 Mahallalarda “Temir daftar” va “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish tartibi o‘rganildi
янв.21
🍽📚 Maktabda sog‘lom ovqatlantirish tizimi o‘rganildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi
янв.21
🟢 Deputatlik so‘rovi: Yo‘l xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘riladi
янв.21
📌 Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha hisobot ko‘rib chiqildi
MAHALLABAY ISHLASH TIZIMI: DEPUTAT B.BALTAYEV HOKIM YORDAMCHISI HISOBOTINI O‘RGANDI

Deputatlar faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zlari saylangan hududlarda o‘rganishlar o‘tkazish bo‘yicha savolnomaning 4-bandi (Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari, aholi bandligi masalalari.(MFY xokim yordamchisi faoliyatini o‘rganish va kamchiliklarni to‘g‘rlash yuzasidan takliflarni shakllantirish)) ijrosini
ta’minlash bo‘yicha Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati B.Baltayev “J.Manguberdi” mahallasida bo‘lib, mahallada hokim yordamchisi faoliyatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida deputat B.Baltayev hokim yordamchisi tomonidan mahalladagi "xonadonbay" xatlov natijalari, aholining ijtimoiy holati bo‘yicha shakllantirilgan "mahallaning iqtisodiy pasporti" hamda joriy yilda amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Xususan, “J.Manguberdi” mahallasida aholini kambag‘allikdan chiqarish borasida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi: 

 · Aholi bandligini ta’minlash: Hokim yordamchisi ko‘magi bilan ishsiz fuqarolarning necha nafari doimiy ish o‘rinlariga joylashtirilgani va kasb-hunarga o‘qitishga yo‘naltirilganligi tahlil qilindi. Bu borada kambag‘allik reestrda turadigan 10 nafar oila vakili ish bilan ta’minlanganligi va reestrga kiritilmagan 5 nafar oila vakili ham doimiy ish bilan ta’minlanganligi aniqlandi.  

Tadbirkorlikni rivojlantirish: Mahalladagi bo‘sh turgan binolardan samarali foydalanish, kichik ishlab chiqarish loyihalarini ishga tushirish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlar va subsidiyalarning maqsadli
shlatilishi ko‘zdan kechirildi. Bu borada 12 nafar fuqaro imtiyozli kredit olib o’z tadbirkorligini yo’lga qo’yganligi hamda 1 nafar fuqaro suda asosida maishiy texnika buyumlari olganliklari aniqlandi.

O‘rganish jarayonida hokim yordamchisi faoliyatida ayrim kamchiliklar ham aniqlandi. Xususan, ayrim fuqarolarni o‘zini-o‘zi band qilish bo‘yicha ro‘yxatga olishda sustkashlikka yo‘l qo‘yilganligi hamda subsidiya asosida olingan uskunalar yordamida daromad topishni yo‘lga qo‘yishda monitoring ishlari yetarli emasligi
qayd etildi.
 

Yakunda deputat B.Baltayev tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan aniq takliflar berildi.