Новости

Последние новости

янв.21
Tumanda “yashil energiya” sari muhim qadamlar: quyosh panellarini joriy etish ko‘lami kengaymoqda
янв.21
🌿 Tumandagi ekologik holat va zararli hasharotlarga qarshi kurashish ishlari o‘rganildi
янв.21
⚡️ Nosoz elektr sim ustuni bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
🌉 Ko‘raklar zaxkashi ko‘prigi bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
📍 Aholi murojaatlari e’tibor markazida
янв.21
📚 Maktab kutubxonasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
🟢 Yoshlar murojaatlari va muammolari o‘rganildi
янв.21
12-May
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 12-15-may kunlari hududlarda quyidagi tadbirlar rejalashtirilgan: 12-may
Deputat axboroti

Uchrashuv “Yangishahar” mahalla fuqarolar yigʻini binosida tashkil etildi. Uchrashuvda tuman hokimligi masʼul xodimlari, Kengash Kotibiyati xodimlari va mahalla faollari hamda fuqarolar ishtirok etishdi.

Deputat tomonidan uchrashuv davomida 2026-yil birinchi choragida tumanda, mahallalarda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar va kelgusidagi rejalar tahlil qilindi. 

Xususan, 2026-yil birinch choragida 3 ta aholi bilan uchrashuvlar, 4 ta fuqarolar qabullari, 1 ta ochiq muloqotlar va 5 ta ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda qonunlar, dasturlar ijrosini o'rganish tashkil etilgani hamda aholidan kelib tushgan murojaatlar asosida tegishli tashkilotlarga 1 ta deputatlik soʻrovlari chiqarilib, muammolarga ijobiy hal etilgani haqida axborot berib oʻtdi.

Shuningdek, deputatlik faoilyatining asosiy 24 ta yoʻnalishlar yaʼni, bandlik, sogʻliqni saqlash, soliq, xotin-qizlar, tadbirkorlik va aholiga koʻrsatilayotgan xizmatlar holati yuzasidan tegishli masʼullar faoliyati ham muhokama qilindi.

Bundan tashqari, uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash, infratuzilmani yaxshilash borasida koʻtarilgan muammolar va takliflar tinglanib, ularni hal etish boʻyicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Uchrashuv yakunida deputat A.Umarov tomonidan fuqarolarning fikr va takliflari juda muhim ekanligi va har bir murojaat eʼtibordan chetda qolmasligini taʼkidlab oʻtdi. 

Slide 1 of 5