Новости

Последние новости

янв.21
🧠 Ijtimoiy-psixologik xizmatlar sifati deputatlar e’tiborida
янв.21
📊 Ijtimoiy himoya tizimi faoliyati deputatlar nazoratida
янв.21
📌 FARZAND TA’LIMI — OTA-ONA MAS’ULIYATI VA JAMOATCHILIK HAMKORLIGI
янв.21
Fuqaro murojaati yuzasidan qabul o‘tkazildi
янв.21
🏗 Hududlarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish ishlari davom etmoqda
янв.21
MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASIDA TIBBIY XIZMAT HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🟢 DEPUTAT QABULI — AHOLI MUAMMOLARI E’TIBORDA
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Kariyev Mansur Omongeldiyevich tomonidan O‘simliklar karantini va himoya agentligi Shovot tumani bo‘limiga deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
📊Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Ollamov G‘ayrat Ollamovich tomonidan tumandagi Bo‘yrachi mahallasida joylashgan ayrim savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
📚 O‘rganish ishlari olib borildi
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

A.Navoiy mahallasida deputat Karomat Karimova, mahalla yettiligi va ko‘cha boshlari bilan uchrashuv tashkil etilib, aholi tomonidan bildirilgan taklif va muammolar muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

— yozgi stadionga 4 dona yoritish (projektor) o‘rnatish;

— aholi uchun “Xalq banki” bankomatini joylashtirish;

— 2026-yilda uy-joylarni kadastr qilish ishlarini jadallashtirish.

Shuningdek, “Fazilat” ko‘chasidagi gaz quvurlarini qayta loyihalash va sifatli amalga oshirish, fuqarolar kirish-chiqish qismlarini inobatga olish zarurligi ta’kidlandi.

Mahallaga kirish qismidagi kanalni betonlash hamda suv sizib chiqishi oqibatida yetkazilayotgan zararlarni bartaraf etish bo‘yicha suv xo‘jaligi tashkilotiga topshiriqlar berildi.

Muammolarni joyida o‘rganish va ularni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Slide 1 of 3