Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati D.Tuychiyeva tomonidan hududdagi maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish davomida bog‘chalardagi ta’lim-tarbiya jarayoni, bolalar uchun yaratilgan sharoitlar, oziqlantirish sifati hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi alohida e’tiborga olindi.
Shuningdek, muassasa rahbariyati va tarbiyachilar bilan suhbat o‘tkazilib, mavjud muammolar, ehtiyojlar va takliflar muhokama qilindi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, bolalar uchun yanada qulay va xavfsiz muhit yaratish hamda maktabgacha ta’lim sifatini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Deputat tomonidan bu yo‘nalishdagi ishlar doimiy nazoratda bo‘lishi ta’kidlandi.