Новости

Последние новости

янв.21
🚫 YOSHLAR SALOMATLIGI VA KELAJAGI — QAT’IY NAZORATDA!
янв.21
📌 Shovotda ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish ishlari davom etmoqda
янв.21
📌 Tibbiyot muassasasida xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
📌 SHOVOT TUMANIDA HUQUQIY TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
⚽️ Yoshlar sportga keng jalb etilmoqda
янв.21
🌳 Murojaat ijobiy yechim topdi
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 25-26-may kunlariga mo‘ljallangan tadbirlar rejasi
янв.21
📌 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI 🗓 18–23-may | HAFTALIK DAYJEST
янв.21
⚠️ Farzandlar salomatligiga befarq bo‘lmaylik!
янв.21
🛒 Qo‘shko‘pir mahallasi erkin savdo va tadbirkorlik rivoji yo‘lida.
Deputat nazorati

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati Y.Safarov tomonidan doimiy komissiya kun tartibiga kiritilgan tuman “Ijtimoiy xizmatlar markazi” direktorining “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan 300 mln so‘m ajratish masalasi yuzasidan hududdagi Birlik MFYda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida tuman Kengashi deputati tomonidan hududdagi “mahalla yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Jumladan, mahallada ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sifati, mavjud shart-sharoitlar hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi.

Monitoring davomida mahallada faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodim uchun zarur bo‘lgan kompyuter jamlanmasi mavjud emasligi sababli ish jarayonida qator noqulayliklar yuzaga kelmoqda hamda fuqarolarga xizmat ko‘rsatish samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani aytilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, muammoni bartaraf etish bo‘yicha masalani sessiya kun tartibida ko‘rib chiqish belgilandi.

O'rganish ishlari davom etmoqda

Slide 1 of 3