Новости

Последние новости

янв.21
📌✨ SHOVOT TUMANI BUDJETI: QO‘SHIMCHA MABLAG‘LAR YO‘NALTIRILDI
янв.21
🏛 RASMIY QAROR
янв.21
📍 Yangi ish o‘rinlari — mahalla taraqqiyotining muhim qadami
янв.21
📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri I.Masharipov saylov okrugida o‘rganish olib bordi
янв.21
📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri I.Masharipov o‘z saylov okrugida o‘rganish olib bordi
янв.21
📌 Yoshlar maslahat guruhi tomonidan Mevazor mahallasida yoshlar muammolari o‘rganildi
янв.21
📌 To‘qmang‘itdagi 19-son maktabda ovqatlantirish sifati nazorat qilindi
янв.21
📌 9-son maktabda sog‘lom ovqatlantirish tizimi monitoring qilindi
янв.21
📌 9-son maktabda zamonaviy ta’lim texnologiyalari o‘rganildi
янв.21
📌 Deputatlik nazorati — bolalar salomatligi va sifatli ta’lim kafolati!
Kengash_faoliyati

🏛 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” HAMKORLIGI: AMALIY NATIJALAR VA ISTIQBOLLIK REJALAR

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 12-Obod yurt saylov okrugi deputati N.Allamuratova hamda tuman Kengashi kotibiyati xodimi E.Eshonqulovlar tomonidan “Obod yurt ” mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar va aholi murojaatlari ijrosi o‘rganildi.

🤝 Hamjihatlik – Taraqqiyot Garovi

O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi Farmoni asosida tashkil etilgan “Mahalla yettiligi” tizimining samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.

✅ Subsidiya – Daromad Manbai

Deputat va mahalla faollari mahalla raisi hamda hokim yordamchisi tavsiyasi bilan subsidiya asosida zamonaviy tikuv mashinasi, overlok va dazmol jihozlari olgan Nargiza Ergashevaning xonadonida bo‘lishdi.

"Ilgari ishsiz edim, bugun esa davlatimiz ko‘magi bilan o‘z xonadonimda tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ydim. Bu nafaqat oilaviy daromadimizni oshirdi, balki o‘zimni jamiyatda kerakli inson deb his qilishimga sabab bo‘ldi," — deydi xonadon sohibasi.

✅ Tahlil va Tavsiyalar

O‘rganish yakunida N.Allamuratova tomonidan mahalla yettiligi faoliyati samaradorligi tahlil qilindi. Deputat mavjud imkoniyatlardan yanada unumli foydalanish, aholi bandligini ta’minlash va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha quyidagi tavsiyalarni berdi:

✅Muammolarni xonadonbay aniqlash: Har bir xodim o‘z yo‘nalishi bo‘yicha aholi bilan yaqin muloqotda bo‘lishi;

✅Imkoniyatlardan foydalanish: Davlat tomonidan berilayotgan imtiyoz va subsidiyalarni haqiqiy egalariga yetkazish;

✅Hamkorlikni kuchaytirish: Yettilikning har bir a’zosi yagona maqsad — aholi farovonligi yo‘lida birlashishi.

Maqsadimiz bitta: Mahallani jinoyatchilikdan xoli, tadbirkorlik rivojlangan va aholisi rozi bo‘lgan hududga aylantirish!

Slide 1 of 2