Новости

Последние новости

янв.21
📌 29-son maktabda ovqatlanish sifati nazorat qilindi
янв.21
📌 1-son maktabda sog‘lom ovqatlantirish tizimi o‘rganildi
янв.21
📌 Sog‘lom ovqatlantirish tizimi monitoringi davom etmoqda
янв.21
📄 Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha deputatlik nazorati
янв.21
🌿 O‘simliklarni himoya qilish sohasida deputatlik nazorati kuchaytirilmoqda
янв.21
📢 Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy muhofaza qilish
янв.21
Deputat soʻrovi: Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi boʻyicha 11 ta hududiy dastur ijrosi nazoratga olindi
янв.21
🚶‍♂️📢 Deputat tomonidan joyiga chiqib murojaat o‘rganildi
янв.21
🍽 Doimiy komissiya tomonidan maktabdagi sog‘lom ovqatlantirish tizimi o‘rganildi
янв.21
🍽 37-son maktabda sog‘lom ovqatlantirish tizimi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

Tumani Kengashi deputati J.Mamadaliyev tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalal yuzasidan Bo‘ston MFY xotin-qizlar faoli bilan o‘rganishlar olib borildi.

O‘rganish jarayonida mahallada xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, oilalarda sog‘lom muhitni mustahkamlash borasida olib borilayotgan tizimli ishlar alohida e’tirof etildi. Shuningdek, fuqarolar bilan muntazam muloqot olib borilayotgani, muammolarni o‘z vaqtida aniqlab, ularni bartaraf etish yuzasidan samarali choralar ko‘rilayotgani ta’kidlandi.

Muhimi, olib borilayotgan sa’y-harakatlar natijasida ijobiy ko‘rsatkichlarga erishilmoqda. Jumladan, o‘tgan yilning 1-choragida hududda 4 ta ajrim holati qayd etilgan bo‘lsa, joriy yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 3 tani tashkil etgani kuzatildi. Bu esa oilalarda totuvlikni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning samarasi sifatida baholanmoqda.

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati.

Slide 1 of 3