Новости

Последние новости

янв.21
📌 29-son maktabda ovqatlanish sifati nazorat qilindi
янв.21
📌 1-son maktabda sog‘lom ovqatlantirish tizimi o‘rganildi
янв.21
📌 Sog‘lom ovqatlantirish tizimi monitoringi davom etmoqda
янв.21
📄 Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha deputatlik nazorati
янв.21
📢 Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy muhofaza qilish
янв.21
🌿 O‘simliklarni himoya qilish sohasida deputatlik nazorati kuchaytirilmoqda
янв.21
Deputat soʻrovi: Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi boʻyicha 11 ta hududiy dastur ijrosi nazoratga olindi
янв.21
🚶‍♂️📢 Deputat tomonidan joyiga chiqib murojaat o‘rganildi
янв.21
🍽 Doimiy komissiya tomonidan maktabdagi sog‘lom ovqatlantirish tizimi o‘rganildi
янв.21
🍽 37-son maktabda sog‘lom ovqatlantirish tizimi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
#tavsiyalar_asosida

#tavsiyalar_asosida

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi raisi A. Yangiyev, Kengash kotibiyati mudiri Sh. Isamutdinov, mutaxassislar I. Ikromov va Z. Temirova tomonidan Vatanparvar mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida ijtimoiy xodimning aholiga ko‘rsatayotgan xizmatlari, murojaatlar bilan ishlash samaradorligi hamda mahalla kesimida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar holati atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, davlat tomonidan ijtimoiy himoya yo‘nalishida yaratilgan sharoitlar, jumladan ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash, nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash, yolg‘iz keksalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarga uy-joy, sog‘liqni saqlash hamda bandlik yo‘nalishlarida imtiyoz va yengilliklar yaratish, shuningdek kommunal xizmatlar bo‘yicha ayrim toifalarga belgilangan imtiyozlar kabi chora-tadbirlar ham ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar — ijtimoiy reyestr orqali ehtiyojmand oilalarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy xizmatlar paketini taqdim etish, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun reabilitatsiya va protez-ortopediya xizmatlari, yakka yolg‘iz keksalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish, bandlikka ko‘maklashish, psixologik va huquqiy maslahat xizmatlari hamda elektron murojaatlar asosida tezkor yordam ko‘rsatish tizimi ham batafsil o‘rganildi. 

“Deputat — xalq ovozi, uning har bir tashabbusi esa jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiladigan mustahkam ko‘prikdir.”

🌎 Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a'zo bo'ling!

Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580100445021) /Youtube (https://youtube.com/@xalqdeputatlarikogonshahar-g8r?si=tTSW0oZuoAxxdcXO) /Telegramm (https://t.me/KogonshaharKengashiVI) /Instagram (https://www.instagram.com/kogonshaharkengashi?utm_source=qr&igsh=NDRrbGprbzRpMmZs)/ Veb sayt (https://kengash.gov.uz/news?region_id=2&authority_id=276)

Slide 1 of 3