Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Vasila Soliyevaning deputat so‘roviga asosan, Ishtixon tumani 11-son oilaviy poliklinikasi binosini rekonstruksiya qilish va qo‘shimcha 50 qatnovli bino qurish ishlari yuzasidan Sog‘liqni saqlash bo‘limining rasmiy javobi olindi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-393-son qaroriga muvofiq amalga oshirilayotgan loyiha qiymati 2 mlrd 620 mln so‘mni tashkil etadi.
2026-yil I choragi davomida:
mavjud eski bino konstruksiyalarini buzish ishlari to‘liq yakunlangan;
qurilish maydoni keyingi bosqich ishlari uchun tayyor holatga keltirilgan.
Loyiha doirasida 11-son oilaviy poliklinikani 1-tip oilaviy poliklinikaga moslashtirish hamda qo‘shimcha 50 qatnovli yangi bino qurish rejalashtirilgan.
Qayd etilishicha, qurilish-rekonstruksiya ishlari loyiha-grafik asosida bosqichma-bosqich olib boriladi. Obyektni foydalanishga topshirish muddati 2026-yil 15-iyul etib belgilangan bo‘lib, uni muddatida yakunlash imkoniyati mavjud.
Deputatlik nazorati doirasida mazkur obyekt bo‘yicha ishlar izchil kuzatib boriladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)