O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Bo‘ston tuman Kengashi deputatlik guruhi hamda xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi huzuridagi ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-sentyabrdagi PQ-316-son qarori ijrosining tumandagi holatini o‘rganish yakunlari yuzasidan mas’ullar ishtirokida doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda qaror ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari muhokama qilindi. Shuningdek, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.