Новости

Последние новости

янв.21
💧 Muammo hal etildi: suv ta’minoti barqarorlashtirildi
янв.21
📌 “YANGI O‘ZBEKISTON” MAHALLASIDA 40-SON DMTT FAOLIYATI VA DORI-DARMON TA’MINOTI O‘RGANILDI
янв.21
🏗 “YANGI O‘ZBEKISTON” MAHALLASIDA MADANIYAT MARKAZI QURILISH VA TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
📌“YANGI O‘ZBEKISTON” MAHALLASIDA AYOLLAR UCHUN YARATILGAN IMKONIYATLAR, XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI VA IJTIMOIY HODIM ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
📌 YANGI O‘ZBEKISTON MAHALLASIDA YANGI ISH O‘RINLARI VA TADBIRKORLIK FAOLIYATI O‘RGANILDI 🏢✨
янв.21
YANGI O‘ZBEKISTON MAHALLASIDA MAHALLA RAISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
🧠 Ijtimoiy-psixologik xizmatlar sifati deputatlar e’tiborida
янв.21
📊 Ijtimoiy himoya tizimi faoliyati deputatlar nazoratida
янв.21
📌 FARZAND TA’LIMI — OTA-ONA MAS’ULIYATI VA JAMOATCHILIK HAMKORLIGI
янв.21
Fuqaro murojaati yuzasidan qabul o‘tkazildi
Universitet talaba-yoshlari bilan bevosita muloqot o‘tkazildi

Universitet talaba-yoshlari bilan bevosita muloqot o‘tkazildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati, Navoiy davlat universiteti rektori Muxiddin Kalonov hamda viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Laziz Qayumov ishtirokida universitet talaba-yoshlari bilan bevosita muloqot tashkil etildi. Uchrashuvning asosiy maqsadi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘rnatish, ularning taklif va muammolarini tinglash hamda ijtimoiy va ta’lim sohasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.

Muloqot davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan mavzular bo‘yicha fikr bildirdi, jumladan, ta’lim sifatini oshirish, ilmiy tadqiqotlar imkoniyatlari, amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish va bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, yoshlar bilan korrupsiyaga qarshi kurash, shaffoflikni ta’minlash va davlat organlarida o‘z huquqlarini himoya qilish borasida targ‘ibot ishlari ham olib borildi.

Muxiddin Kalonov talabalar bilan muloqotda ularning takliflari va g‘oyalarini tinglashning muhimligini alohida ta’kidladi. Rektor yoshlarni ijtimoiy faollikka, o‘qish va ilmiy tadqiqotlarga jalb qilish, shuningdek, kelajakdagi yetakchi mutaxassislar sifatida shakllanishiga ko‘maklashishni o‘zining ustuvor vazifasi sifatida belgiladi.

Viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Laziz Qayumov esa yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, grantlar, ijtimoiy dasturlar va zamonaviy loyihalarda ishtirok etish imkoniyatlarini batafsil tushuntirdi. Shu bilan birga, yoshlarning tashabbuskorligini rag‘batlantirish va ularni mahalliy hamda hududiy ijtimoiy hayotga faol jalb etish masalalariga e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida barcha mavzular bo‘yicha kelib tushgan savol va murojaatlar qayd etildi, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi. Mazkur muloqot yoshlar bilan samarali aloqa o‘rnatish, ularni ijtimoiy faol va mas’uliyatli shaxslar sifatida shakllantirishga xizmat qiladigan muhim voqea sifatida baholandi.

Slide 1 of 4