Новости

Последние новости

янв.21
📌✨ SHOVOT TUMANI BUDJETI: QO‘SHIMCHA MABLAG‘LAR YO‘NALTIRILDI
янв.21
🏛 RASMIY QAROR
янв.21
📍 Yangi ish o‘rinlari — mahalla taraqqiyotining muhim qadami
янв.21
📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri I.Masharipov saylov okrugida o‘rganish olib bordi
янв.21
📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri I.Masharipov o‘z saylov okrugida o‘rganish olib bordi
янв.21
📌 Yoshlar maslahat guruhi tomonidan Mevazor mahallasida yoshlar muammolari o‘rganildi
янв.21
📌 To‘qmang‘itdagi 19-son maktabda ovqatlantirish sifati nazorat qilindi
янв.21
📌 9-son maktabda sog‘lom ovqatlantirish tizimi monitoring qilindi
янв.21
📌 9-son maktabda zamonaviy ta’lim texnologiyalari o‘rganildi
янв.21
📌 Deputatlik nazorati — bolalar salomatligi va sifatli ta’lim kafolati!
XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI IJROSI

#kengashning_haftalik_ish_reja_ijrosi

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI IJROSI YUZASIDAN

🌐Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tumani Kengashining 30-martdan–4-aprel kunlariga amalga oshiriladigan vazifalar haftalik ish rejasi ijrosi yuzasidan quyidagi ishlar amalga oshirildi:

🔹 Tuman Tibbiyot birlashmasini Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Xusanov hamda tuman Kengashi kotibiyati xodimlari tomonidan o‘rganildi.

🔹 Navbahor mahallasida xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish, ularni har tomonlama qо‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy himoyani kuchaytirish maqsadida xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D.Mirzaxonova va tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i S.Djumayeva hamkorligida ayollar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🔹 Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tumani Kengashi raisi D.Ubaydullayev tomonidan tumanning eng olis hududlaridan biri — Tog‘chinoq qishlog‘ida istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi.

🔹 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati I.Mardonov О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli qaroriga asosan Kadan mahallasida amalga oshirilayotgan rivojlantirish dasturlari va loyihalar ijrosi bilan tanishdi.

🔹 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M.Teshayev Nayman mahallasining ichki yo‘llarini yaxshilash borasidagi amaliy ishlari o‘rganildi. 

🔹 Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashining 21-sessiyasi o‘tkazilib, kun tartidagi masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilindi. 

🔹 Deputatlar tomonidan aholi muammolari o‘rganildi hamda ularni bartaraf etish maqsadida tegishli tashkilot rahbarlariga deputatlik so‘rovi yuborildi.

🇺🇿🏛🇺🇿 Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi

Telegram | Facebook | Instgram (https://www.instagram.com/kattaqorgontumankengashi?utm_source=qr&igsh=eXB4dzRzenJ2dHQy)