Новости

Последние новости

янв.21
🚫 YOSHLAR SALOMATLIGI VA KELAJAGI — QAT’IY NAZORATDA!
янв.21
📌 Shovotda ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish ishlari davom etmoqda
янв.21
📌 Tibbiyot muassasasida xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
📌 SHOVOT TUMANIDA HUQUQIY TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
⚽️ Yoshlar sportga keng jalb etilmoqda
янв.21
🌳 Murojaat ijobiy yechim topdi
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 25-26-may kunlariga mo‘ljallangan tadbirlar rejasi
янв.21
📌 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI 🗓 18–23-may | HAFTALIK DAYJEST
янв.21
⚠️ Farzandlar salomatligiga befarq bo‘lmaylik!
янв.21
🛒 Qo‘shko‘pir mahallasi erkin savdo va tadbirkorlik rivoji yo‘lida.
"MAHALLABAY" TIZIMI: "YETTILIK" FAOLIYATI VA FUQAROLAR BILAN ALOQALAR TAHLILI

Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlar faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zlari saylangan hududlarda o‘rganishlar o‘tkazish bo‘yicha savolnomaning 23 bandi (mahalla yettiligi bilan fuqarolar o‘rtasidagi munosabat) ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati N.Sharipova, viloyat Kengashi deputati F.Sa’dullayeva bilan hamkorlikda “Ma’rifat” mahallasi yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. 

O‘rganishlar davomida "Ma’rifat" mahallasida tashkil etilgan "yettilik" tizimining aholi muammolarini hal etishdagi samaradorligiga alohida e’tibor qaratdilar. Xususan, mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, soliq inspektori va ijtimoiy xodimning o‘zaro hamkorligi, fuqarolar bilan ishlash mexanizmlari tahlil qilindi. 

Uchrashuv davomida mahalla yettiligi tomonidan "xonadonbay" xatlov natijasida aniqlangan ijtimoiy masalalar, bandlikni ta’minlash hamda yoshlar va ayollar daftarlariga kiritilgan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan amaliy ko‘mak holati ko‘zdan kechirildi. Shundan so‘ng deputatlar aholi bilan muloqotda bo‘lib, ularning mahalla mutasaddilari faoliyatiga bo‘lgan munosabatini o‘rgandilar. 

Muloqot yakunida shahar Kengashi deputati N.Sharipova va viloyat Kengashi deputati F.Sa’dullayeva tomonidan mahalla yettiligiga fuqarolar murojaatlari bilan ishlashda tezkorlikni oshirish, mahalla infratuzilmasini yaxshilash va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq tavsiyalar berildi. Bunday o‘rganishlar "mahalla — jamiyat ko‘zgusi" tamoyili asosida aholi farovonligini ta’minlashda muhim bosqich bo‘lib xizmat qiladi. 

Slide 1 of 4