Новости

Последние новости

янв.21
🚫 YOSHLAR SALOMATLIGI VA KELAJAGI — QAT’IY NAZORATDA!
янв.21
📌 Shovotda ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish ishlari davom etmoqda
янв.21
📌 Tibbiyot muassasasida xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
📌 SHOVOT TUMANIDA HUQUQIY TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
⚽️ Yoshlar sportga keng jalb etilmoqda
янв.21
🌳 Murojaat ijobiy yechim topdi
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 25-26-may kunlariga mo‘ljallangan tadbirlar rejasi
янв.21
📌 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI 🗓 18–23-may | HAFTALIK DAYJEST
янв.21
⚠️ Farzandlar salomatligiga befarq bo‘lmaylik!
янв.21
🛒 Qo‘shko‘pir mahallasi erkin savdo va tadbirkorlik rivoji yo‘lida.
"MAHALLABAY" TIZIMI: AHOLI SALOMATLIGI VA XAVFSIZLIGI DEPUTAT E'TIBORIDA

Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlar faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zlari saylangan hududlarda o‘rganishlar o‘tkazish bo‘yicha savolnomaning 2 bandi (aholiga o‘zi vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati) ijrosini ta’minlash maqsadida hamda Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati D.Atayeva va 3-son oilaviy paliklinikasi rahbariyati bilan hamkorlikda “Shodlik” mahallasida nogironligi bo’lgan va doimiy tibbiy ko‘makga muxtoj oilalar xolidan xabar olindi. 

O‘rganishlar davomida mahallada yashovchi ehtiyojmand xonadonlar vakillari bilan yuzma-yuz muloqot qilindi. Deputat D.Atayeva hamda tibbiyot xodimlari har bir fuqaroning sog‘lig‘i holati, dori-darmon bilan ta’minlanganlik darajasi va ko‘rsatilayotgan patronaj xizmati sifatiga alohida e’tibor qaratishdi. 

Xususan, surunkali xastaligi bor bemorlarga zaruriy tibbiy maslahatlar berilib, ularning chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tishi hamda reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlanishi nazoratga olindi. Shuningdek, mahalla yoshlari va xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, kasalliklarning oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.