Новости

Последние новости

янв.21
📊 TA’LIM MUASSASALARIDA XAVFSIZLIK NAZORATI
янв.21
💧 Muammo hal etildi: suv ta’minoti barqarorlashtirildi
янв.21
📌 “YANGI O‘ZBEKISTON” MAHALLASIDA 40-SON DMTT FAOLIYATI VA DORI-DARMON TA’MINOTI O‘RGANILDI
янв.21
🏗 “YANGI O‘ZBEKISTON” MAHALLASIDA MADANIYAT MARKAZI QURILISH VA TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
📌“YANGI O‘ZBEKISTON” MAHALLASIDA AYOLLAR UCHUN YARATILGAN IMKONIYATLAR, XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI VA IJTIMOIY HODIM ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
📌 YANGI O‘ZBEKISTON MAHALLASIDA YANGI ISH O‘RINLARI VA TADBIRKORLIK FAOLIYATI O‘RGANILDI 🏢✨
янв.21
YANGI O‘ZBEKISTON MAHALLASIDA MAHALLA RAISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
🧠 Ijtimoiy-psixologik xizmatlar sifati deputatlar e’tiborida
янв.21
📊 Ijtimoiy himoya tizimi faoliyati deputatlar nazoratida
янв.21
📌 FARZAND TA’LIMI — OTA-ONA MAS’ULIYATI VA JAMOATCHILIK HAMKORLIGI
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda Uzun tumani deputatlar Kengashi hamkorligi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda Uzun tumani deputatlar Kengashi hamkorligi

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini taʼminlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5072-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi “Tashabbusli budjet jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi KQ-666-IV-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputatlari hamkorligida tumanda o‘rganish ishlari olib borildi.

 O‘rganishlar davomida hududlarda tashabbusli budjet jarayonlarining amalga oshirilishi, fuqarolarning ishtiroki, ilgari surilgan loyihalar hamda ularning moliyalashtirilish holati atroflicha tahlil qilindi.

 Shuningdek, mavjud muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Mazkur hamkorlik hududlarda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, fuqarolarning davlat boshqaruvidagi faolligini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 1