Новости

Последние новости

янв.21
📊 TA’LIM MUASSASALARIDA XAVFSIZLIK NAZORATI
янв.21
💧 Muammo hal etildi: suv ta’minoti barqarorlashtirildi
янв.21
📌 “YANGI O‘ZBEKISTON” MAHALLASIDA 40-SON DMTT FAOLIYATI VA DORI-DARMON TA’MINOTI O‘RGANILDI
янв.21
🏗 “YANGI O‘ZBEKISTON” MAHALLASIDA MADANIYAT MARKAZI QURILISH VA TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
📌“YANGI O‘ZBEKISTON” MAHALLASIDA AYOLLAR UCHUN YARATILGAN IMKONIYATLAR, XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI VA IJTIMOIY HODIM ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
📌 YANGI O‘ZBEKISTON MAHALLASIDA YANGI ISH O‘RINLARI VA TADBIRKORLIK FAOLIYATI O‘RGANILDI 🏢✨
янв.21
YANGI O‘ZBEKISTON MAHALLASIDA MAHALLA RAISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
🧠 Ijtimoiy-psixologik xizmatlar sifati deputatlar e’tiborida
янв.21
📊 Ijtimoiy himoya tizimi faoliyati deputatlar nazoratida
янв.21
📌 FARZAND TA’LIMI — OTA-ONA MAS’ULIYATI VA JAMOATCHILIK HAMKORLIGI
Fuqarolarga xizmat – e’tibor markazida: FHDYo faoliyati deputat tomonidan ko’rib chiqildi. 14-O’zbekiston saylov okrugi deputati F.Cho’liyeva tuman FHDYo bo’limida bo'ldi.

Fuqarolarga xizmat – e’tibor markazida: FHDYo faoliyati deputat tomonidan ko’rib chiqildi.• 25 марта в 14:16 • 25 марта в 15:03

Tuman FHDYo bo’limida aholiga ko’rsatilayotgan davlat xizmatlari sifati va samaradorligi xalq deputatlari tuman Kengashi deputati 14-O’zbekiston saylov okrugi deputati F.Cho’liyeva tomonidan atroflicha ko’rib chiqildi. Ushbu jarayonda fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, xizmat ko’rsatishning ochiqligi va shaffofligi, murojaatlarni o’z vaqtida va sifatli ko’rib chiqish holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, FHDYo bo’limiga tashrif buyurgan fuqarolar bilan muloqot qilinib, ularning fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi. Bu esa amaldagi xizmat ko’rsatish jarayonini yanada takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xizmat ko’rsatish sifatini oshirish, ortiqcha sarsongarchiliklarning oldini olish hamda fuqarolar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

Xizmat ko‘rsatish tezligi ham barqaror: dxa.gov.uz tizimi orqali bitta murojaatni ko‘rib chiqish o‘rtacha 3 daqiqa, navbat kutish vaqti esa 5–15 daqiqa oralig‘ida

Mazkur qulayliklar kelgusida davlat xizmatlari ko’rsatish tizimini yanada takomillashtirish, aholi roziligini ta’minlash hamda xalq bilan muloqotni mustahkamlashga xizmat qiladi. 

Slide 1 of 1