Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Kariyev Mansur Omongeldiyevich tomonidan O‘simliklar karantini va himoya agentligi Shovot tumani bo‘limiga deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
📊Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Ollamov G‘ayrat Ollamovich tomonidan tumandagi Bo‘yrachi mahallasida joylashgan ayrim savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
📚 O‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
📌 Shovot tumanida birlamchi tibbiy xizmatlar faoliyati amaldagi qonunchilik asosida o‘rganildi
янв.21
MUAMMOLI HOLAT BO‘YICHA DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
🏆 Yoshlar intellektual salohiyati – e’tirof etildi
янв.21
📌 𝗠𝗔𝗛𝗔𝗟𝗟𝗔𝗗𝗔 𝗧𝗜𝗕𝗕𝗜𝗬 𝗫𝗜𝗭𝗠𝗔𝗧 𝗦𝗜𝗙𝗔𝗧𝗜 𝗩𝗔 𝗔𝗬𝗢𝗟𝗟𝗔𝗥 𝗦𝗔𝗟𝗢𝗠𝗔𝗧𝗟𝗜𝗚𝗜𝗡𝗜 𝗠𝗨𝗦𝗧𝗔𝗛𝗞𝗔𝗠𝗟𝗔𝗦𝗛
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI YO‘LLANDI
янв.21
📊 SHOVOT TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI
янв.21
Fuqarolar murojaati deputat e’tiborda!
📌 Yoshlar siyosati yo‘nalishidagi ishlar yuzasidan ma’lumot eshitildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Kun tartibiga muvofiq, Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasining 30-bandiga asosan “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonunning ijrosi yuzasidan tumanda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot eshitildi.

Qayd etilishicha, 62 ta mahallada o‘tkazilgan xatlov natijasida 72 190 nafar yoshlar qamrab olinib, “Yoshlar balansi” shakllantirildi. Ushbu tizim asosida aniqlangan 778 nafar ishsiz yoshlarning 775 nafari (99,6 foiz) bandligi ta’minlandi. Shuningdek, mehnat bozoriga yangi kirib kelgan 4 427 nafar yoshlarning 94,7 foizi ish bilan ta’minlangan.

Yoshlar bandligini oshirish maqsadida 1 643 nafar yoshlarga 633 gektar yer ajratilib, ular tomonidan 2,3 ming tonna mahsulot yetishtirilib, 3,4 mlrd so‘m daromad olingan. Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, imtiyozli kreditlar ajratish hamda “Biznes marafon” kabi loyihalar orqali ularning faolligi oshirilmoqda.

Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj va tarbiyasi og‘ir 261 nafar yoshlar mas’ul rahbarlarga biriktirilib, ular bilan manzilli ishlar olib borilmoqda. “Yoshlar daftari” orqali 939 nafar yosh ro‘yxatga olinib, 844 nafariga amaliy yordam ko‘rsatildi.

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida o‘tkazilgan sport, madaniyat va intellektual tadbirlarda, jumladan “Besh tashabbus olimpiadasi”da 102 ming nafardan ortiq yoshlar ishtirok etdi.

Ma’lumotda 2026-yilda yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunar va xorijiy tillarga o‘qitish, bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish hamda harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo‘nalishlari ustuvor vazifa sifatida belgilab olindi.

Yig‘ilish yakunida komissiya a’zolari tomonidan sohaga oid ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, mazkur masalani Kengash sessiyasi kun tartibiga kiritish taklifi ilgari surildi.

Slide 1 of 3