Новости

Последние новости

янв.21
💧 SHOVOTDA ICHIMLIK SUVI MUAMMOSI HAL ETILDI
янв.21
📌 Shovot tumanida birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatlari va DMED tizimi faoliyati o‘rganildi
янв.21
📊 MAHALLIY BUDJET VA IQTISODIY MASALALAR MUHOKAMASI
янв.21
📌 Mahallada iste’mol krediti tizimi va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi faoliyati doirasida
янв.21
📊 BOLALAR XAVFSIZLIGI — USTUVOR VAZIFA
янв.21
📌 NAVRO‘Z MAHALLASIDA IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
📊 MAHALLADA “YETTILIK” FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 Kat qal’a – tarixiy meros e’tibor markazida
янв.21
🏛 Xalq deputatlari tuman Kengashi faoliyatidan
#24_ta_masala Shayxlarkent mahallasidagi ko‘p qavatli uylarda o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputatlari N.Kiyamov hamda M.Raximov tomonidan Sheyxlarkent mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari (pod’yezdlari), yerto‘lalari hamda uylar atrofidagi hududlarning tozaligiga alohida e’tibor qaratildi. Deputatlar mavjud sharoitlar bilan tanishib, hududni obodonlashtirish va tozaligini saqlash masalalarini ko‘zdan kechirdilar.

Shuningdek, o‘rganish davomida ko‘p qavatli uylarda yashovchi fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularni qiynayotgan ayrim masalalar tinglandi. Uy-joylarga xizmat ko‘rsatish, hududdagi tozalikni saqlash va obodonlashtirish ishlari yuzasidan fikr almashildi.

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli tashkilotlarga taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5