Новости

Последние новости

янв.21
📊 TA’LIM MUASSASALARIDA XAVFSIZLIK NAZORATI
янв.21
💧 Muammo hal etildi: suv ta’minoti barqarorlashtirildi
янв.21
📌 “YANGI O‘ZBEKISTON” MAHALLASIDA 40-SON DMTT FAOLIYATI VA DORI-DARMON TA’MINOTI O‘RGANILDI
янв.21
🏗 “YANGI O‘ZBEKISTON” MAHALLASIDA MADANIYAT MARKAZI QURILISH VA TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
📌“YANGI O‘ZBEKISTON” MAHALLASIDA AYOLLAR UCHUN YARATILGAN IMKONIYATLAR, XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI VA IJTIMOIY HODIM ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
📌 YANGI O‘ZBEKISTON MAHALLASIDA YANGI ISH O‘RINLARI VA TADBIRKORLIK FAOLIYATI O‘RGANILDI 🏢✨
янв.21
YANGI O‘ZBEKISTON MAHALLASIDA MAHALLA RAISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
🧠 Ijtimoiy-psixologik xizmatlar sifati deputatlar e’tiborida
янв.21
📊 Ijtimoiy himoya tizimi faoliyati deputatlar nazoratida
янв.21
📌 FARZAND TA’LIMI — OTA-ONA MAS’ULIYATI VA JAMOATCHILIK HAMKORLIGI
#jarayon

Deputat tomonidan ta’lim muassasalarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Yurtimizda ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, o‘quvchi va tarbiyalanuvchilarga qulay sharoitlar yaratish, shuningdek, ta’lim muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini ta’minlash borasida izchil ishlar olib borilmoqda. Shu maqsadda Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputati D.Zulyorova tomonidan hududdagi 23-umuta’lim maktabi va 8-maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘rganish ishlari olib borildi. Tashrif davomida deputat muassasalarning binolari, isitish tizimi, tom qismi, deraza va eshiklarning holati, elektr tarmoqlari, ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimlarining ishlash darajasi bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, o‘quv xonalari va bolalar guruhlarining gigiyena talablariga muvofiqligi, xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi, dars va mashg‘ulot jarayonlari uchun zarur bo‘lgan o‘quv jihozlari bilan ta’minlanish holati ham ko‘zdan kechirildi.

Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi!

Slide 1 of 1