Новости

Последние новости

янв.21
🏟 2-son sport maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
🥗 25-son maktabda ovqatlantirish sifati o‘rganildi
янв.21
🍽 Sog‘lom ovqatlantirish tizimi yuzasidan monitoring ishlari olib borildi
янв.21
📌 Oilaviy tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi
янв.21
📌 Mahallalarda “Temir daftar” va “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish tartibi o‘rganildi
янв.21
🌿 15-may — Xalqaro oila kuni muborak!
янв.21
🍽📚 Maktabda sog‘lom ovqatlantirish tizimi o‘rganildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi
янв.21
🟢 Deputatlik so‘rovi: Yo‘l xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘riladi
янв.21
📌 Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha hisobot ko‘rib chiqildi
AZIZOBOD – ZAMONAVIY MAHALLAGA AYLANMOQDA

AZIZOBOD – ZAMONAVIY MAHALLAGA AYLANMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Alohida tuman (shahar) va mahallalarni aholining yashashi va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun namunali hududga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga asosan aholi yashashi va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun qulay muhit yaratish va infratuzilmani yaxshilash orqali tadbirkorlikni rivojlantirishga katta turtki berish, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish va zamonaviy xizmatlar ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish, qishloq mahallalariga shahar muhiti va yashash sharoitlarini olib kirish maqsadida Qiziltepa tumanidagi Azizobod mahallasi ham yangi qiyofa kasb etayotgani haqida avvalroq ma’lum qilgan edik.

Xususan, mazkur mahalla va unga tutash bo‘lgan mahallalardagi bo‘sh yer maydonlarida mikrosanoat, hunarmandchilik va xizmat ko‘rsatish markazlarini tashkil etiladi, tungi yoritish tizimlarini o‘rnatiladi, yo‘llar ravonlashtiriladi, aholi turmush tarzini yaxshilash, mahalla infratuzilmasini zamonaviylashtirish ishlari olib borila boshlandi.

Bu borada bajarilayotgan ishlar bilan tanishish, shu bilan birga, aholi va tadbirkorlarning muammolarini joyida o‘rganish maqsadida bugun tuman hokimi Bekzod Bobomurodov, Xalq deputatlari tuman Kengashi detutatlari U.Bobojonov, B.Samadov, Sh.Islomov hamda barcha tegishli tashkilotlar rahbarlari bilan ushbu mahallada bo‘ldi.

O‘rganish ishlari mahallaning hududiy markazidan boshlandi va hokim piyoda yurgan holda bir qator manzillarni ko‘zdan kechirdi.

Jarayonlarda aniqlangan kamchiliklar, qilinishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 3