Новости

Последние новости

янв.21
🏟 2-son sport maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
🥗 25-son maktabda ovqatlantirish sifati o‘rganildi
янв.21
🍽 Sog‘lom ovqatlantirish tizimi yuzasidan monitoring ishlari olib borildi
янв.21
📌 Oilaviy tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi
янв.21
📌 Mahallalarda “Temir daftar” va “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish tartibi o‘rganildi
янв.21
🌿 15-may — Xalqaro oila kuni muborak!
янв.21
🍽📚 Maktabda sog‘lom ovqatlantirish tizimi o‘rganildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi
янв.21
🟢 Deputatlik so‘rovi: Yo‘l xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘riladi
янв.21
📌 Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha hisobot ko‘rib chiqildi
KUZ-QISH MAVSUMINI BETALOFAT O‘TKAZISHDA BOSHQARUV KAMPANIYALARINING SAMADORLIGI VA KO‘P QAVATLI UYLARGA AJRATILGAN MABLAG‘LARNING ISHLATILISHI O‘RGANILDI

KUZ-QISH MAVSUMINI BETALOFAT O‘TKAZISHDA BOSHQARUV KAMPANIYALARINING SAMADORLIGI VA KO‘P
QAVATLI UYLARGA
AJRATILGAN MABLAG‘LARNING ISHLATILISHI O‘RGANILDI

Qish mavsumi yaqinlashmoqda. Bu mavsumda xavfsiz va tinch hayot kechirish, shuningdek, issiqlik, elektr ta’minoti va kundalik
ehtiyojlarni ta’minlash uchun har birimiz o‘z vaqtida tayyorgarlik ko‘rishimiz zarur. 2025-2026-yilgi kuz-qish mavsumini betalafot va barqaror o‘tkazish maqsadida yakuniy tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Bu yilgi mavsumda aholimiz va iqtisodiyot tarmoqlari energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlanishi uchun tumanda barcha choralar ko‘rildi.
 

Bu jarayonlarda xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashi deputatlari ham faol ishtirok etib, o‘tgan oyda saylovchilar bilan uchrashuvlar, axolining muammolarni o‘rganish bo‘yicha qabullar o‘tkazgan edi. Olib borilgan uchrashuvlar davomida ayniqsa ko‘p qvartirali uylarda yashovchi fuqarolar
tomonidan deputatlarning oldiga bir nechta vazifalar qo‘yilgan edi.
 

Tuman markazidan saylangan deputatlarning takliflari va tashabusslariga binoan tuman markazidagi ko‘p qavatli uylarni qish mavsumida
muammolarga duch kelmasligi uchun ushbu uylardagi yaroqsiz holatga kelib qolgan elektr jihozlarni yangilashga kelishilgan edi.
 

Xalq deputatlari tuman Kengashning Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining qo‘llab-quvvatlashni asnosida tuman Kengashning 2025-yil 13-oktabrdagi qarori bilan 2025-2026-yillarda kuz-qish mavsumini betalofat
o‘tkazish maqsadida Bulung‘ur, Amir Temur, Guliston, Do‘stlik, Navbaxor va Ulug‘bek mahallarida joylashgan jami 40 ta ko‘p qavatli uy-joylarning elektr shitlarni ta’mirlashga kerakli elektr jihozlarini harid qilish uchun 48 mln so‘m mablag‘ ajratilishiga erishilgan edi.
 

Bugun tuman Kengashi deputatlari tuman Kengashning Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari Kengash qaroridagi vazifalarning sifatli bajarilishi, xarid qilingan va o‘rnatilayotgan jixohlarni sifatini nazorat
qilish maqsadida tumandagi ko‘p kravtirali uylarda bo‘lib amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirishdi.
 

Amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha deputatlar xizmat ko‘rsatuvchi shirkatga o‘z tavsiyalarini berishib, xar bir bajarilgan ish bo‘yicha mas’ullarni hisobotlari tegishli doimiy komissiya tomonidan eshitib borilishi belgilandi.  

Xalq deputatlari Bulung'ur tuman Kengashi

Slide 1 of 8