Новости

Последние новости

янв.21
📌✨ SHOVOT TUMANI BUDJETI: QO‘SHIMCHA MABLAG‘LAR YO‘NALTIRILDI
янв.21
🏛 RASMIY QAROR
янв.21
📍 Yangi ish o‘rinlari — mahalla taraqqiyotining muhim qadami
янв.21
📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri I.Masharipov saylov okrugida o‘rganish olib bordi
янв.21
📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri I.Masharipov o‘z saylov okrugida o‘rganish olib bordi
янв.21
📌 Yoshlar maslahat guruhi tomonidan Mevazor mahallasida yoshlar muammolari o‘rganildi
янв.21
📌 To‘qmang‘itdagi 19-son maktabda ovqatlantirish sifati nazorat qilindi
янв.21
📌 9-son maktabda sog‘lom ovqatlantirish tizimi monitoring qilindi
янв.21
📌 9-son maktabda zamonaviy ta’lim texnologiyalari o‘rganildi
янв.21
📌 Deputatlik nazorati — bolalar salomatligi va sifatli ta’lim kafolati!
Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdagi yigirmanchi sessiyasi.

Joriy yilning 17-noyabr kuni yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdagi yigirmanchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiyaga Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Salixov Sherzod Abduxakimovich raislik qildi.

Sessiya ishida tuman Kengashiga saylangan deputatlar, tuman hokimining o‘rinbosarlari, tuman prokurorining o‘rinbosari, xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati xodimlari shuningdek, tumandagi tegishli bo‘lim va tashkilot rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Sessiya ishida kun tartibiga kiritilgan quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

Kun tartibidagi birinchi masala bo‘yicha Chinoz tumani prokurorining o‘rinbosari J.Rahmonovning 2025-yilning 9 oyi yakuni bo‘yicha tuman prokuraturasi faoliyati haqidagi axboroti tinlandi.

Kun tartibidagi ikkinchi masala bo‘yicha Chinoz tumani mahalliy byudjet daromadlarining 2025-yilning 3-choragi yakuni bo‘yicha bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida budjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi, ular bo‘yicha soliq qarzdorligi to‘g‘risida tuman Soliq inspeksiyasi boshlig‘i T.Axmedovning hisoboti eshitildi.

Shuningdek, sessiyada Chinoz tumani bo‘yicha 2025-2026-yillarning kuz-qish mavsumida sug‘orish ishlari uchun ajratilgan suv limitini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

Sessiya kun tartibidagi masalalar muhokamasida deputatlar Surayyo Axmedova, Abduvoxid Turdiboyev, Davron Teshabayev, Elyorjon Saidov, Xikmatilla Xafizov, Olimjon Dadajanovlar so‘zga chiqib, hisobot va axboroti eshitilgan rahbarlarga o‘zlarining savollarini berib, taklif va fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

Kun tartibidagi masalalar muhokamasida Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Sherzod Salixov deputatlarga, mas’ul bo‘lim va tashkilotlar rahbarlariga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berib o‘tdi.

Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. Kengash qarorlarining toʻliq matni internetda (Kengash.gov.uz platformasida) eʼlon qilinadi.

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati, sessiya kotibi Elyorjon Saidov

Slide 1 of 8