Новости

Последние новости

янв.21
📌✨ SHOVOT TUMANI BUDJETI: QO‘SHIMCHA MABLAG‘LAR YO‘NALTIRILDI
янв.21
🏛 RASMIY QAROR
янв.21
📍 Yangi ish o‘rinlari — mahalla taraqqiyotining muhim qadami
янв.21
📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri I.Masharipov saylov okrugida o‘rganish olib bordi
янв.21
📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri I.Masharipov o‘z saylov okrugida o‘rganish olib bordi
янв.21
📌 Yoshlar maslahat guruhi tomonidan Mevazor mahallasida yoshlar muammolari o‘rganildi
янв.21
📌 To‘qmang‘itdagi 19-son maktabda ovqatlantirish sifati nazorat qilindi
янв.21
📌 9-son maktabda sog‘lom ovqatlantirish tizimi monitoring qilindi
янв.21
📌 9-son maktabda zamonaviy ta’lim texnologiyalari o‘rganildi
янв.21
📌 Deputatlik nazorati — bolalar salomatligi va sifatli ta’lim kafolati!
Deputat va mahalla yettiligi:

Deputat va mahalla yettiligi:

Termiz tumani “18-Do'stlik‘” saylov okrugidan saylangan xalq deputatlari Termiz tumani Kengashi deputati O.Abdullayev boshchiligida “Istiqlol‘” mahallasida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari tashkil etildi.

Tadbirda mahalla faollari, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Aholi yashash sharoitlarini yanada yaxshilash, mahalla hududini yanada obod va fayzli maskanga aylantirish maqsadida amalga oshirilgan ishlar doirasida hududda tozalash, daraxt ekish va yashil maydonlarni kengaytirish ishlari olib borildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida mahalla aholisini qiynab kelayotgan dolzarb masalalar muhokama qilinib, ularni hal etishga doir tegishli choralar belgilandi. Mahallalardagi mavjud muammolarni bartaraf etish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarining ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha deputatlar va fuqarolar o‘rtasida fikr almashildi.

Slide 1 of 2