Новости

Последние новости

янв.21
🚫 YOSHLAR SALOMATLIGI VA KELAJAGI — QAT’IY NAZORATDA!
янв.21
📌 Shovotda ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish ishlari davom etmoqda
янв.21
📌 Tibbiyot muassasasida xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
📌 SHOVOT TUMANIDA HUQUQIY TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
⚽️ Yoshlar sportga keng jalb etilmoqda
янв.21
🌳 Murojaat ijobiy yechim topdi
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 25-26-may kunlariga mo‘ljallangan tadbirlar rejasi
янв.21
📌 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI 🗓 18–23-may | HAFTALIK DAYJEST
янв.21
⚠️ Farzandlar salomatligiga befarq bo‘lmaylik!
янв.21
🛒 Qo‘shko‘pir mahallasi erkin savdo va tadbirkorlik rivoji yo‘lida.
Deputat va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi rahbari fuqarolarni qabul qildi.

Deputat va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi rahbari fuqarolarni qabul qildi.

Termiz tumanida fuqarolarning ijtimoiy muammolarini o‘rganish va ularni hal etishga ko‘maklashish maqsadida navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi. Qabul jarayonida tuman Kengashi deputati A.Avliyakulov hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi rahbari ishtirok etdilar.

Uchrashuvda aholining turli ijtimoiy sohalarga oid murojaatlari tinglandi. Jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslar, ko‘p bolali va kam ta’minlangan oilalar, shuningdek ishsiz fuqarolar tomonidan bildirilgan masalalar ko‘rib chiqildi.

Deputat va markaz rahbari murojaatlarni joyida hal etish yuzasidan amaliy ko‘rsatmalar berdilar, ayrim masalalar bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar yuklatildi. Fuqarolarga qonunchilik doirasida beriladigan ijtimoiy yordam turlari, bandlikka ko‘maklashish imkoniyatlari va huquqiy maslahatlar tushuntirildi.

Qabul yakunida murojaat qilgan fuqarolarga zarur tavsiyalar berilib, ularning muammolarini bosqichma-bosqich hal etish choralarini ko‘rish bo‘yicha kelishib olindi.

Slide 1 of 2