Новости

Последние новости

янв.21
🚫 YOSHLAR SALOMATLIGI VA KELAJAGI — QAT’IY NAZORATDA!
янв.21
📌 Shovotda ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish ishlari davom etmoqda
янв.21
📌 Tibbiyot muassasasida xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
📌 SHOVOT TUMANIDA HUQUQIY TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
⚽️ Yoshlar sportga keng jalb etilmoqda
янв.21
🌳 Murojaat ijobiy yechim topdi
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 25-26-may kunlariga mo‘ljallangan tadbirlar rejasi
янв.21
📌 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI 🗓 18–23-may | HAFTALIK DAYJEST
янв.21
⚠️ Farzandlar salomatligiga befarq bo‘lmaylik!
янв.21
🛒 Qo‘shko‘pir mahallasi erkin savdo va tadbirkorlik rivoji yo‘lida.
Deputat mahallada

 Mitan MFYda ichki yo‘llarni asfaltlash ishlari oldidan muammolar o‘rganildi 

Mitan MFYda ichki yo‘llarni asfaltlash jarayoniga tayyorgarlik ishlari
o‘rganildi. Mahalla faollari ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuv davomida
aholining uzoq yillardan beri yechim kutayotgan muammolari tinglandi va joyida
ko‘zdan kechirildi.
 

Tadbirda Mitan MFY hududi deputati B. Abralov ham qatnashib, fuqarolar tomonidan
bildirilgan taklif va murojaatlar bilan tanishdi.
 

Deputatning aytishicha: 

“Har bir murojaat – biz uchun muhim. Aholining hayot sifatini yaxshilash borasida
muammolarni joyida o‘rganib, tezkor choralar ko‘rish — asosiy vazifamiz,” —
dedi B. Abralov.
 

Mahalla aholisi esa yo‘l ta’miri bilan bog‘liq muammolar yillar davomida ularni qiynab
kelganini ta’kidladi.
 

Mahalla faollaridan biri shunday deydi: 

“Yo‘llarimizni asfaltlash bo‘yicha ishlarning boshlanishi – biz uchun katta quvonch. Muhim
jihati, faoliyat jarayonida aholining fikri ham inobatga olinayotgani,” — dedi
mahalla faoli.
  

Slide 1 of 2