Новости

Последние новости

янв.21
🚫 YOSHLAR SALOMATLIGI VA KELAJAGI — QAT’IY NAZORATDA!
янв.21
📌 Shovotda ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish ishlari davom etmoqda
янв.21
📌 Tibbiyot muassasasida xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
📌 SHOVOT TUMANIDA HUQUQIY TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
⚽️ Yoshlar sportga keng jalb etilmoqda
янв.21
🌳 Murojaat ijobiy yechim topdi
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 25-26-may kunlariga mo‘ljallangan tadbirlar rejasi
янв.21
📌 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI 🗓 18–23-may | HAFTALIK DAYJEST
янв.21
⚠️ Farzandlar salomatligiga befarq bo‘lmaylik!
янв.21
🛒 Qo‘shko‘pir mahallasi erkin savdo va tadbirkorlik rivoji yo‘lida.
Deputat tomonidan yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi

Deputat tomonidan yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi deputati 18-Nodira saylov okrugidan saylangan deputat S.Abdiraimovning navbatdagi o‘rganish ishlari “Nodira” mahallasidagi yoshlar yetakchisi faoliyati bo‘ldi.  

Deputat Nodira mahallasida bo‘lib, yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligini o‘rgandi. 

O‘rganish davomida deputat mahalladagi yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb etishni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratdi. 

Shuningdek, yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, ularning natijalari, mavjud muammolar va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi. 

Tuman Kengashi deputati tomonidan yoshlarga yaratilgan sharoitlar, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. 

Yoshlar to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni "Yoshlar daftari" va "Yoshlar portali" elektron platformalariga kiritib borish, ular bilan samarali ish tashkil qilish, mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish kabi vazifalar ijrosi tahlil etilib, aniqlangan muammolarga ijobiy yechim topish borasida hamkorlikdagi chora-tadbirlar belgilab olindi.  

Slide 1 of 2