Новости

Последние новости

янв.21
🚫 YOSHLAR SALOMATLIGI VA KELAJAGI — QAT’IY NAZORATDA!
янв.21
📌 Shovotda ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish ishlari davom etmoqda
янв.21
📌 Tibbiyot muassasasida xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
📌 SHOVOT TUMANIDA HUQUQIY TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
⚽️ Yoshlar sportga keng jalb etilmoqda
янв.21
🌳 Murojaat ijobiy yechim topdi
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 25-26-may kunlariga mo‘ljallangan tadbirlar rejasi
янв.21
📌 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI 🗓 18–23-may | HAFTALIK DAYJEST
янв.21
⚠️ Farzandlar salomatligiga befarq bo‘lmaylik!
янв.21
🛒 Qo‘shko‘pir mahallasi erkin savdo va tadbirkorlik rivoji yo‘lida.
Deputatlik so‘rovi qayta yuborildi — chunki xalqning murojaati javobsiz qolmaydi!

Deputatlik so‘rovi qayta yuborildi — chunki xalqning murojaati javobsiz qolmaydi!

Deputatlik so‘rovi — bu oddiy rasmiy xat emas. Bu — xalqning ishonchi, umidi va bizga bo‘lgan yuraktan chiqqan talabidir. Shu ishonchni oqlash esa har bir davlat xizmatchisi uchun sharaf ham, majburiyat hamdir. Shuning uchun ham “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tomonidan 29-oktyabr kuni yo‘llangan deputatlik so‘roviga hanuz javob kelmagani өz vaqtida jiddiy e’tiborga olindi.

Masala o‘ta muhim: “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi,

ayniqsa “Atrof-muhitni asrash va “Yashil iqtisodiyot” yili”ga oid Prezident Farmonining joylardagi amaliyoti haqida.

Bu ishni kechiktirishga mumkin emas — chunki bu masala faqat qog‘ozda emas,

xalqning hayoti, farzandlarimiz kelajagi, sog‘lom muhit haqidadir. Shu bois deputatlik guruhi mas’ul idoralarga qayta, aniq va mukammal javob talab qilingan holda rasmiy so‘rov yubordi.

Har bir rahbar shunga amin bo‘lishi kerak:

➡️ Deputatlik so‘rovi — xalqning so‘zi. U javobsiz qolmasligi kerak.

➡️ Javob berish — mas’uliyat, mehnat va yurakdan xizmat qilish belgisidir.

➡️ Xalq ishonchiga munosib bo‘lish — har bir rahbarning insoniy va vazifaviy burchi.

“Adolat” SDP deputatlari har bir muammoni eshitadi,

eng muhimi — uning yechimi amalga oshguncha nazoratda ushlaydi.

Xalq yuborgan har bir murojaat biz uchun qimmatli. Deputatlik so‘rovlari esa ana shu ishonchning eng beqiyos ko‘rinishi. Shu bois ular alohida e’tibor, o‘z vaqtida va mas’uliyat bilan javoblanishi shart.

Slide 1 of 2