Новости

🇺🇿 Bolalar uchun yaratilgan o‘yin va dam olish maskanlari o‘rganildi

🇺🇿 Bolalar uchun yaratilgan o‘yin va dam olish maskanlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining Yoshlar maslahat guruhi a’zosi tomonidan Po‘latdarxon mahallasidagi "Millat Hazinasi" nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti hududida bolalar uchun yaratilgan o‘yin va dam olish maskanlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida muassasaning bolalar maydonchasi, Xitoy davlatidan buyurtma asosida keltirilgan zamonaviy o‘yin uychalari (domiklar), yozgi ayvon hamda ochiq havoda tashkil etilgan dam olish hududlari ko‘zdan kechirildi. Tarbiyalanuvchilarning xavfsiz, qulay va mazmunli vaqt o‘tkazishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar ijobiy baholandi.           

Slide 1 of 7