Новости

📢 PENSIYAGA CHIQISH ONLAYN BO‘LGANIDAN XABARINGIZ BORMI?

✅ Nimalarga e’tibor berish kerak?
🔹 Mehnat daftarchangizdagi ish stajingiz to‘liq elektron tizimga kiritilganini tekshiring.
🔹 Ma’lumotlarni my.mehnat.uz yoki my.gov.uz portallari orqali ko‘rib chiqing.
🔹 Agar ish stajingiz raqamlashtirilmagan bo‘lsa, tuman Bandlik bo‘limining mas’ul xodimiga murojaat qiling.
🔹 Elektron tizimga kiritilgan ma’lumotlarning to‘liq va tasdiqlanganligiga ishonch hosil qiling.
⚠️ Muhim! Mehnat stajiga oid ma’lumotlarning elektron tizimga to‘liq kiritilishi va tasdiqlanishi pensiya tayinlash jarayonida muhim ahamiyatga ega.