Новости

📚 BITIRUVCHI YOSHLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

🤝 Uchrashuv davomida yoshlarning kelajakdagi rejalari, kasb tanlashda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar hamda o‘zlari qiziqqan soha bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarni egallash masalalari yuzasidan suhbat olib borildi.
🗣 Shuningdek, o‘quvchilarga kelajakda munosib kasb egasi bo‘lish, o‘z oldilariga aniq maqsadlar qo‘yish, bilim olishga intilish va tanlagan yo‘nalishlari bo‘yicha izchil harakat qilish muhimligi ta’kidlandi.