Новости

Ishsizlik_va_kambagʻallikni_qisqartirish

TUMAN KENGASHI DEPUTATINING MAHALLADAGI FAOLIYATI
Tuman Kengashi deputati S.Allayarov oʻziga biriktirilgan «Yoshlik» mahallasi hududida aholi bilan «xonadonbay» uchrashuvlar oʻtkazdi.
Oʻrganish natijalari:
Uyma-uy yurish doirasida hududdagi ishsiz fuqarolarning bandligini taʼminlash masalasi atroflicha oʻrganildi.
Mahalladagi mehnatga yaroqli hamda doimiy ish bilan band boʻlish istagida boʻlgan fuqarolar roʻyxati shakllantirildi.
Koʻrilgan choralar: Aniqlangan ishsiz fuqarolarni ish bilan taʼminlash va ularga amaliy yordam koʻrsatish boʻyicha tegishli choralar koʻrildi.