DEPUTAT NAZORATI: AHOLINI SIFATLI DORI-DARMON BILAN TAʼMINLASH DIQQAT-EʼTIBORDA
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati F.Seydabdullayeva tuman hududida joylashgan “Shifo” dorixonasida boʻlib, u yerda sotuvchi va xodimlar bilan bevosita muloqot oʻtkazdi.
Muloqot va oʻrganish davomida quyidagilarga eʼtibor qaratildi:
Aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy va farmatsevtika xizmatlarining sifati;
Sifatli hamda kafolatlangan dori-darmon vositalarining yetarliligi;
Dorilarning saqlanish sharoitlari va narxlar barqarorligi.
Deputat xodimlar bilan suhbatda aholiga sifatli xizmat koʻrsatish hamda zarur dori vositalari zaxirasini doimiy taʼminlab borish boʻyicha oʻz taklif va tavsiyalarini berib oʻtdi.