Новости

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi deputati E. Babayev tomonidan Mustaqillik mahallasida fuqarolar murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida deputat aholi bilan muloqot qilib, ularning muammo va takliflarini tingladi. Bildirilgan murojaatlarni hal etish, mavjud muammolarni bartaraf qilish hamda fuqarolarni qiynayotgan masalalar yuzasidan amaliy choralar ko‘rishga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, aholi murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish va ularning ijobiy yechimini ta’minlash borasida tegishli ishlarni amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2