Новости

XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH FAOLIYATI O‘RGANILDI

DEPUTATLIK NAZORATI: XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH FAOLIYATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S. Matyaqubova hamda Kengash deputati Anvar Jumaniyozov Yovg‘ir mahallasida bo‘lib, mahalla xotin-qizlar faoli Rayhon Avezovaning faoliyati bilan yaqindan tanishdilar va uning axborotini tingladilar.
O‘rganish davomida mahallada xotin-qizlar bilan ishlash, ularning murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarini aniqlash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj xotin-qizlarga ko‘maklashish hamda bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar olindi.

Slide 1 of 1